1-Ma’ruza: Dasturlash tillari faniga kirish Reja


Qayta qo 'llanish imkoniyati


Download 436.03 Kb.
bet10/62
Sana04.02.2023
Hajmi436.03 Kb.
#1164753
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
1-Ma’ruza Dasturlash tillari faniga kirish Reja

Qayta qo 'llanish imkoniyati. Quruvchi uy qurishga kirishar ekan, har gal g'ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani yaratishda har gal rezistorlarning yangi turini o'ylab topmaydi. Unda nima uchun dasturchi «g'ildirak ixtiro qilaverishi kerak?» Masala o'z yechimini topgan ekan, bu yechimdan ko'p martalab foydalanish lozim. Malakali ishlab chiqilgan obyektga yo’naltirilgan sinflarni bemalol takroran ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi, obyektlarni ham turli dasturlarda takroran qo'llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o'laroq, OYD mavjud obyektlarni kengaytirish uchun vorislikdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.
Kuzatib borishda qulaylik. Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib borish deb nomlanuvchi tirgak kerak. Dasturga sarflangan 60 foizdan 80 foizgacha vaqt kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish siklining 20 foizinigina tashkil etadi. Puxta ishlangan obyektga Yo’naltirilgan dastur ishlatish uchun qulay bo'ladi. Xatoni bartaraf etish uchun faqat bitta o'ringa to'g'rilash kiritish kifoya qiladi. Chunki ishlatishdagi o'zgarishlar tiniq, boshqa barcha obyektlar takomillashtirish afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi. O'zining tabiiyligi tufayli dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bo'lmog'i lozim.
Takomillashishga qodirlik. Foydalanuvchilar dasturni kuzatib borish paytida tez-tez tizimga yangi funksiyalarni qo'shishni iltimos qiladilar. Obyektlar kutub- xonasini tuzishning o'zida ham ushbu obyektlarning funksiyalarini kengaytirishga to'g'ri keladi. Dasturiy ta'minot statik (qotib qolgan) emas. Dasturiy ta'minot foydali bo'lib qolishi uchun uning imkoniyatlarini muttasil kengaytirib borish lozim. OYD da dasturni kengaytirish usullari ko'p. Vorislik, polimorfizm, qayta aniqlash, vakillik hamda ishlab chiqish jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan ko'plab boshqa shablonlar shular jumlasidandir.
Yangi versiyalarni davriy chiqarilishning qulayligi. Zamonaviy dasturiy mahsulotning ish berish davri ko'p hollarda haftalar bilan o'lchanadi. OYD tufayli dasturlarni ishlab chiqish davrini qisqartirishga erishildi, chunki dasturlar ancha ishonchli bo'lib bormoqda, kengayishi osonroq hamda takroran qo'llanishi mumkin. Dasturiy ta'minotning tabiiyligi murakkab tizimlarning ishlab chiqilishini osonlashtiradi. Har qanday ishlanma hafsala bilan yonda- shuvni talab qiladi, shuning uchun tabiiylik dasturiy ta'minotning ishlab chiqish davrlarini qisqartirish imkonini beradi, chunki butun diqqat-e'tiborni yechilayotgan masalaga jalb qildiradi. Dastur qator obyektlarga bo'lingach, har bir alohida dastur qismini boshqalari bilan parallel ravishda hamda bir nechta ishlab chiquvchi sinflarni bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin bo'ladi. Ishlab chiqishdagi bunday parallellik ishlab chiqish vaqtini qisqartiradi.



Download 436.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling