Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining "Boshersuvnazorat" boshqarmasi tomonidan - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga "V" literi bilan va litersiz barcha shakllar bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
|
Viloyat darajasida - olingan materiallar viloyat inspeksiya xizmati tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1 aprelgacha 1-"V", 2-"3", 3-"V"G 4-"V", 5-<(V", 6-"V" shakllari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga jo‘natiladi.
|
Tuman (shahar) darajasida 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar (hisobotlar) tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish (ob’ekt joylashgan erdagi) inspeksiyasiga muhofaza etiladigan hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi.
6-t va 7-t shakllari bo‘yicha ma’lumotlar erlarni hisobga olish hujjatlari asosida tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Tuman inspeksiyalari taqdim etilgan ma’lumotlar (hisobotlar)ning to‘g‘riligini aniqlaydilar, tuman (shahar) bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatini tuzadilar (1-t yig‘ma shakl) barcha kadastr materiallarini tuman hokimligi bilan kelishib oladilar va 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllari bo‘yicha 1 martgacha ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalariga taqdim etadilar
|