ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARI DAVLAT KADASTRINI VA CHIQINDILARNI KO'MIB TASHLASH VA UTILLASHTIRISH JOYLARI DAVLAT KADASTRINI YURITISH TARTIBI BILAN TANISHISH
REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
2. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri tarkibi
3. Kadastrni ishlab chiqishni tashkil etish va yuritish
4. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risida
5. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati subyektlari
6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati
7. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastri va chiqindilarni ko'mib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri atributiv jadvallarini to'ldirish.
1. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida. Alohida muhofaza etiladigan hududlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi va tabiiy muhitning alohida muhofaza etiladigan toifalariga kiritilgan obyektlari bo‘yicha birxillashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iborat bo‘ladi, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ana shunday hududlar tarmoqlarini rejalashtirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tegishli tartibga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy tavsiflari bilan tezkorlik bilan tanishish, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni rivojlantirishdagi rolini hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |