Iqtisodiy nazariya.Iqtisodiy hodisalarning sifat jihatlari o’rganiladi.
Iqtisodiy matematikat. Iqtisodiy qonunlarning ifodasi matematik modellar shaklida olinadi.
Iqtisodiy statistika. Iqtisodiy ma’lumotlar ko’rgazmali shaklda namoyish etish uchun to’planadi va qayta ishlanadi
Matematik statistika. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ma’lumotlarni tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.
Ekonometrika to`g`risida yirik olimlarning fikrlarini keltiramiz.
Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrikaning vazifalari:
1) Modelni spesifikasiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish.
2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash.
3) Modelni verifikasiya qilish - model parametrlari sifatini va butun modelning o’zini tekshirish.
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo’yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqish.
Ekonometrikaga kirish - iqtisodiyotdagi miqdoriy qonuniyatlar va o’zaro bog`liqliklarni matematik statistika usullari yordamida tadqiq qiluvchi fan. Bu usullarning asosi - korrelyatsion-regression tahlil. Ekonometrika empirik ma’lumotlarni o’rganish asosida iqtisodiy bog`liqliklar va modellarni statistik baholash va tahlil qilish bilan shug`ullanadi. Iqtisodiy o'lchash - tom ma'noda ekonometrikani anglatadi.
Ekonometrik modellar matematik statistika va ehtimollar nazariyasi tushunchalariga asoslangan holda yaratilishi stoxastik ekonomerik modellashtirish deyiladi. Ko’p ekzogen o’zgaruvchilardan foydalanib tuzilgan ekonometrik modellashtirish determinantlashgan ekonomerik modellashtirish deyiladi.
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-matematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda ta`sir qilishi mumkin. Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik bog`lanishlarning shakli bo’yicha juda xilma-xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |