1-ma`ruza. EKONOMETRIK MODELLAShTIRISh ASOSLARI
1.1. Iqtisodiy tizimlar va jarayonlarning murakkabligi. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirish zarurligi.
1.2. Ekonometrik model, stoxastik model, statik model va dinamik modellar to’g’risida tushuncha. Ekonometrik modellarni yaratish shartlari.
1.3. Ekonometrik modellarning statistik bazasi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy ko’rsatkichlarning tahlili va prognozida ekonometrik modellardan foydalanish.
1.4. Ekonometrik modellashtirish. Ekonometrik modellardagi o’zgaruvchilar. Ekonometrik tenglamalar tizimi. Aniq iqtisodiy obyektlar.
1.5. Bog’lanishlarni iqtisodiy talqin qilish. Bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.
Tayanch iboralar: ekonometrik bilimlar, model, modellashtirish, iqtisodiy model, modellashtirishning zarurligi, modellashtirish bosqichlari.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. “Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Ushbu termin ikkita so’z “EKONOMIKA” va “METRIKA” larning birlashishidan hosil bo’lgan. Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) – bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o’lchov ma’nolarini bildiradi.
EKONOMETRIKAning predmeti – bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o’zaro munosabatlarini miqdoriy ifodalanishni o’rganish hisoblanadi.
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o`rganadi. Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan.
Ekonometrika. Iqtisodiy hodisalar miqdoriy xarakteristikalar nuqtai nazaridan o’rganiladi.
Iqtisodiy qonunlarning amaldagi jarayonlarga mos kelishi tekshiriladi. Matemtik modellar shaklida olinadi.
Iqtisodiy statistikaning instrumentariylari iqtisodiy o’zaro aloqalarni tahlil qilish va bashorat qilish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |