1.3. Ekonometrik modellarning statistik bazasi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy ko’rsatkichlarning tahlili va prognozida ekonometrik modellardan foydalanish.
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko’ra statik va dinamik modellar mavjud.
Statik modellar o’zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig’ini qamrab oladi. Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O’zgaruvchan xarakterga ko’ra, boshlang’ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash omillarni o’z ichiga olgan modellarni ko’rsatish mumkin.
1.5. Bog’lanishlarni iqtisodiy talqin qilish. Bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir.
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Birinchi bosqich – spesifikasiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyasion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikasiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o’zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko’zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo’lishi kerak. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikasiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyasiya koeffisiyenti va determinasiya koeffisiyenti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimasiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
E`tiborlaringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |