Fan: Informatika


Download 45.99 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi45.99 Kb.
#110161
Bog'liq
6-sinf tezis Nasriddinov Muhammadali


Sana:







Sinf:

6-A

6-B

Fan: Informatika

Mavzu: WordART obyekti

Qisqacha tezis:

WordArt obyekti - bu manzarali rasm ko‘rinishidagi matn bo‘lib, uning yordamida maxsus matn effektlarini qo‘llash mumkin. Masalan, matnni og‘dirish, cho‘zish, matnni biror shakl ko‘rinishida joylashtirish yoki matnni turli usullarda bo‘yash mumkin. Matnning kerakli joyiga sil- jitish yoki o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali WordArt obyektiga e’tiborni jalb etish mumkin. Yurgich WordArt obyektini joylashtirish kerak bo‘lgan satrga o‘rnatilgach Joylashtirish (Вставка) tasmasining Matn (Текст) guruhi­dagi WordArt (WordArt) tugmasi tanlanadi. Ochilgan quyidagi kabi us- lublar ro‘yxatidan manzur bo‘lgan uslub tanlanadi, masalan, Градиентная заливка - черная, контур - белый, тень снаружи Qo’shimcha ma’lumotlar

Hosil bo‘lgan WordArt obyektiga faollashgan Chizish vositalari-Format (Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasmasi formatlash imkoniyatlarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. WordArt obyektiga yozilgan matnga esa Matn yo‘nalishi (Направление текста), Matn o‘lchami (Размер текста) va Matn rangi (Цвет текста), Bo‘yash usuli (Заливка текста), matnning aks etish shakli kabi formatlashlarni qo‘llash e’tiborni tortadi

Nazorat savollari

  1. WordART obyekti qanday vazifani bajaradi?

  2. WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?

  3. WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?

  4. Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang

Fan o’qituvchisi: Muhammadali Nasriddinov

Sana:







Sinf:

6-A

6-B

Fan: Informatika

Mavzu: Wordda formulalar bilan ishlash

Qisqacha tezis:

Hujjatga maxsus belgilarni joylashtirish va formatlashning ba’zi im­koniyatlari yordamida sodda formulalar yozish mumkin. Murakkabroq formulalar yozish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Simvollar (Символы) guruhidan Формула tugmasi beradigan imkoni- yatlardan foydalaniladi. Biror formulani yozish uchun yurgich formula joylashtirilishi lozim bo‘lgan satrga o‘matiladi va Формула tugmasi tanlanadi. Natijada rasmidagi kabi for­mula uchun joy aks etadi. Menyular satrida esa Formula bilan ishlash- Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst-menyusi va unga mos quyidagi tasma aks etadi

Qo’shimcha ma’lumotlar

Agar yozilgan formulada xatolik bo‘lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini yozilgan formula usti- ga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada yurgich yozilgan formula lavhasi ichiga joylashadi, menyular satrida esa Formula bilan ishlash-Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst- menyusi va unga mos tasma aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo‘nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatoni tuzatish mumkin bo‘ladi

Topshiriq.

  1. Wordda formulalar qanday yoziladi?

  2. Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi?

  3. Formulalar nomli hujjat hosil qiling va matematika formulalarni yozing.

Fan o’qituvchisi: Muhammadali Nasriddinov

Sana:







Sinf:

6-A

6-B

Fan: Informatika

Mavzu: Wordda hujjatni chop etish

Qisqacha tezis:

Zamonaviy printerlar turli usulda chop etish imkoniyatiga ega. Ma- salan, qog‘ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.

Hujjatni chop etish parametrlarini o‘zgartirish uchun Fayl menyusi- ning Chop etish (Печать) bo‘limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahi falar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напечатать) bandlaridan iborat. Qo’shimcha ma’lumotlar

Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo‘lib, quyida biz ular­ning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta’kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas. Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini «HP LaserJet 1300» rusumli printer misolida ko‘ramiz. Mazkur printeming xususi­yatlari lavhasi quyidagi rasmda keltirilgan. Lavha bir nechta bo‘limdan iborat bo‘lib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov (Оконч. обработка) bo‘limiga kiriladi. Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o‘ng tomon­dan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet ma- ketida tegishli ko‘rsatma tanlanadi

Topshiriq.

  1. Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi?

  2. Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo‘la chop etish mumkinmi?

  3. Wordda formulalar bilan ishlash mavzusidagi uchinchi topshiriqni qog’zoga chop eting.

Fan o’qituvchisi: Muhammadali Nasriddinov

Sana:







Sinf:

6-A

6-B

Fan: Informatika

Mavzu: Takrorlashga doir topshiriqlar

Qisqacha tezis:

Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi.

Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.

Qo’shimcha ma’lumot



Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar

Shrift, so’z, satr, matn, hoshiya, abzast, sahifa, format

Topshiriq.

Chap ustundagi atamalar izohini o'ng ustundan toping.



Hoshiya

sahifa chekkasidagi tozasaqlanadigan qism

Matn

abzaslar yig'ilmasi

Shrift

alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning ko'rinishlari

So'z

ikki tomondan probel bilan ajratilgan belgilar ketma-ketligi

Abzas

bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi

Satr

bittachiziqdayozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi

Bosh satr

hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr

Fan o’qituvchisi: Muhammadali Nasriddinov

Sana:







Sinf:

6-A

6-B

Fan: Informatika

Mavzu: O’tilgan mavzularni mustaxkamlash

Qisqacha tezis:

Matn protsessorlari yordamida hosil qilingan matn hujjat deb yuritililadi.

Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:


Fayl

Tahrir

Ko'rinish

Joylashtirish

Format

Servis

Jadval

Оуnа

Ma'lumot

Файл

Правка

Вид

Вставка

Формат

Сервис

Таблица

Окно

Справка

Qo’shimcha ma’lumotlar

Ishga tushgan dastur “Документ1”nomi bilan yangi hujjat hosil qihshni taklif etadi;



b) Fayl menyusidan Hosil qilish ([Создать]) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart uskunalar inelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matn hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi.

Topshiriq

  1. ,,Mening oilam" mavzusidagi saqlab qo'ygan hikoyangizga mos rasmlar joylashtiring.

  1. Chizish amallaridan foydalanib, kompyuter rasmini chizing.

Download 45.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling