Matn tuzilishi va shakllanishi Tinish belgilarining qo‘llanishi


Download 25.19 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi25.19 Kb.
#1350243
  1   2   3
Bog'liq
Matn va punktuatsiya


Punktuatsiya va matn

Reja:



Kirish

  1. Matn tuzilishi va shakllanishi

  2. Tinish belgilarining qo‘llanishi

  3. O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish


Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning deyarli barcha sohalari yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohalarning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. XX asr jahon tilshunosligiga, xususan, o‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasi olib kirildi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu tadqiqotlar davom etmoqda.
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham kurs ishida o‘zbek tilshunosligida punktuatsiya belgilari va ularning tilshunoslikda tutgan o‘rni, ahamiyati, hali o‘rganilmagan tomonlarini tahlilga tortishni maqsad qildik.


  1. Matn tuzilishi va shakllanishi.

Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini aytadi. Ko‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga ko‘ra gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish qobiliyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. O‘zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o‘tiladi.
Matn ma’lum maqsad yoki fikrni sodda, qo‘shma va murakkab gaplar orqali ifodalovchi til birligidir. Matn nasr yoki nazm shaklida bo‘lishi mumkin. Tuzilishiga ko‘ra matn ikki xil bo‘ladi:

  1. Sodda tarkibli matnlar.

  2. Murakkab tarkibli matnlar.

Matn og‘zaki yoki yozma usulda amalga oshirilishi mumkin.
Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplar (qo‘shma gaplar)dan iborat bo'ladi. Sodda matnlarga talabalar tomonidan tuzilgan ayrim jumlalar va kichik matnlar kiradi. Bunday matnlarda xabar, maqol, matal, masallar ifodalanib, hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da, ma ’lum maqsad to‘liq ifodalanadi. Masalan:

  1. Toshkent viloyati paxta topshirish rejasini bajardi. (xabar)

  2. Sichqon sig‘mas iniga, g‘a lv ir bog‘lar dumiga. (matal)

  3. Qo‘shning tinch — sen tinch. (maqol)

Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi. Agar bu qismlar mustaqil bo‘lsa, ular orasida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yiladi, har bir fikr xatboshi (abzas)dan boshlanadi. Murakkab matnlarga tarkibi keng tasvirlar, hiko-ya, masal, ertak, farmon, povest, roman, risola, maqolalar kabi adabiy, ilmiy, ras-miy nutq uslublari kiradi.
Matn funksional uslubning turli sohalarini qamrab oladi. Matn uslubning bayon, badiiy, ilmiy, ommabop, rasmiy turlarini tashkil etishi mumkin.

  1. Bayon (betaraf) uslubidagi matnga tasvir, rivoyat va muhokamalar kiradi. Tasvirda biror tabiat manzarasi, voqea, hodisa, xatti-harakat tasvirlanib, aniq shaxslar ishtirok etmaydi.

Rivoyat biror voqeani bayon qilish bo‘lib, aniq shaxslar va ulaming dialogi bo‘lishi mumkin.
Muhokama bayon qilinadigan voqea, hodisaga so‘zlovchining munosabati va hukmidir.

  1. Badiiy uslub maqol, matal, masal, hikoya, ertak, povest, roman, drama kabi janrlardan tashkil topadi.

Badiiy uslubga oid matnning xususiyati undagi ta ’sirchanlik, tasviriylikdir. Bunday matnlarda tasviriy vositalar qo‘llaniladi.

  1. Ilmiy uslub shaklidagi matnlar monografiya, ilmiy maqola, risola, taqriz bo‘lishi mumkin. Bunday matnlarda ilm va fanga oid tushunchalar sof ilmiy yoki ilmiyommabop uslub shaklida ifodalanadi. Shuning uchun bu xil matnlarda ilmiy atamalar, formula va o‘ziga xos ilmiy iboralar qo‘llaniladi.

  2. Ommabop uslubga oid matnlar matbuotga xos xabar, maqola, reportaj, intervyu kabi shakllarda bo‘ladi. Bu xil matnlar o‘quvchiga tezda ta ’sir etuvchi ixcham, ifodali jumlalardan tuziladi.

  3. Rasmiy uslubga oid matnlarga qaror, shartnoma, buyruq, ko‘rsatma, ish qo- g‘ozlari (ariza, xat, telegramma va boshqalar) kabi hujjatlar kiradi. Bu xil matnlarda badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilmaydi.

Matnni hajm belgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch хati, tushuntirish хati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik хabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi.
O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, хalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi, so‘ngso‘z kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin.
Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, olmoshlar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi.



  1. Download 25.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling