Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan
Download 20.14 Kb.
|
3 matn 28b3254e38aec01332b25ebb9d636b32
Matn birliklari Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko’p va farqli qarashlar mavjud. Masalan, I.R.Galperin gapni matn birligi bo’la olmasligini ta'kidlaydi. Uningcha, bir necha gapni o’zida birlashtiradigan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matnning birligi bo’la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir paytning o’zida matnning ham birligi bo’la olmasligini aytadi. Ko’pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta'kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob'yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to’g'ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga ko’ra gapning matn sistemasidagi o’rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib bo’lmaydi. Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo’lmaydi. Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo’lgan hodisa. Tilshunos A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. "Abzas yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap yoki hatto bir gapni alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R,Galperin ham abzas xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta'kidlab ko’rsatish uchun xizmat qiladigan vosita, kompozitsion–grafik usul ekanligini asoslagan. Lekin abzaslar yozma nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun nihoyatda zarur vosita hisoblanadi. Abzaslar bir so’zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan tuzilishi mumkin. Abzasning tashkillanishini yozuvchilar o’zlarining badiiy niyatiga ko’ra mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi. Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3 bosqichdan iborat bo’ladi: 1-bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi bo’lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning to’ldirilishi (dastlabki xabar to’ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) 3-bosqich esa xabarning xulosalanishi (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) hisoblanadi. Shuningdek, abzasdagi oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog'lovchi vositalar (bog'lovchi vositalar abzasni o’zidan oldingi yoki keyingi abzasga bog'laydi) ham o’sha butunlikning ajralmas qismlaridan hisoblanadi. «Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar o’zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytitadi. Shuningdek, abzaslarning strukturasiga ko’ra quyidagi korinishlari mavjudligi sanab o’tiladi: 1) Sodda gapdan iborai bo’lgan abzaslar; 2) qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzaslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bo’lgan abzaslar: 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo’lgan abzaslar; 5) Ko’chirma-o’zga gapli abzaslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzaslarni ham kiritish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan bo’lsak, gap va murakkab sintaktik butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin, Abzas esa subyektiv hodisa, yozuvchilar mutlaqo erkin holda qo’llashi mumkin bo’lgan kompozitsion-grafik usuldir. Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling