Mavzu: Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn
Download 24.24 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn va uning tipologik tasnifi Matnlar tipologiyasida axborotni uzatish kanali alohida o‘rin tutadi.Ana shunga ko‘ra matnlar ning og‘zaki matn va yozmamatn
6 – mavzu: Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn Reja: 1. Matn va uning turlari 2. Mos manbalarni topish. Matnda tanqidiy munosabatlarni rivojlantirish 3. Iqtisodiy matnga fakt to‘plash. Ixtisoslikka oid matnga termin tanlash Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardani borat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munoza ralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Masalan,I.R.Galperin gapni matn birligi bo‘la olmasligini ta'kid laydi. Uningcha, bir necha gapni o‘zida birlashtiradigan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matnning birligi bo‘la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida matnning ham birligi bo‘la olmasligini aytadi. Ko‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta'kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibinibu mazmunning ob'yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasav vur etish mushkul. Shunga ko‘ra gapning matntarkibidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosilqilish imkoniyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy birliklari deyish mumkin,lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo‘lgan hodisa. Matn va uning tipologik tasnifi Matnlar tipologiyasida axborotni uzatish kanali alohida o‘rin tutadi.Ana shunga ko‘ra matnlar ning og‘zaki matn va yozmamatn tiplarini farqlash lozim.Kommunikatsiya jarayonida berilayotgan axborotning hajmi ham matnlar tipologiyasi uchun yana bir asos bo‘ladi. Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, minia-tyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchibir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Download 24.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling