Matnni o‘qish murakkab jarayon bo‘lib, u psixologik, pedagogik va psixofiziologik aspektlarda o‘rganiladi. O‘qish jarayoniga qiziqish 1800-yillar oxirida boshlangan deyish mumkin
Download 5.75 Kb.
|
O\'qish jarayonida matnni tushunish
Bajardi: Usmonova Sohiba 139-sirtqi guruh boshlang’ich ta’lim 2-kurs Fan: Pedagogikada ritorika MUSTAQIL ISH Mavzu: O'qish jarayonida matnni tushunish Matnni o‘qish murakkab jarayon bo‘lib, u psixologik, pedagogik va psixofiziologik aspektlarda o‘rganiladi. O‘qish jarayoniga qiziqish 1800-yillar oxirida boshlangan deyish mumkin. Leipzigdagi (Germaniya) Wundt laboratoriyasida psixologik hodisalarning biri sifatida matnni o‘qish o‘rganila boshlangan. Shundan so‘ng o‘qishning pedagogik, psixolingvistik, psixofiziologik jihatlarini tadqiq etish boshlandi.O‘qish murakkab nutqiy psixofiziologik faoliyat hisoblanadi. Bu jarayon haqida ko‘plab xorij va o‘zbek metodist olimlari ilmiy ishlar qilganlar, tajribalar o‘tkazganlar va ularning tahlillari asosida natijalarni taqdim qilganlar.O‘qishni o‘rganayotgan yoki matnni o‘qiyotgan shaxs (xoh u yosh bola bo‘lsin, xoh katta odam), o‘qish davomida harflarni ko‘radi yoki barmoqlari yordamida his qiladi(imkoniyati cheklangan, ko‘rish faoliyatida muammosi borlar) va albatta, bor diqqatini uning shakliga qaratadi, ya’ni bunda o‘quvchining ko‘rish a’zosi bo‘lgan ko‘zi yoki harflarni sezadigan barmoq uchlari asosiy vosita vazifasini bajaradiFiziologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘z soqqasining harakatlanishi, ko‘rish va sezgi qobiliyatlari bosh miya qismidagi o‘rta miyaning tepasida joylashgan oraliq miya funksiyasi orqali boshqariladi. Oraliq miya bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo‘lib, u yerda ko‘rish do‘mboqlari (talamus) joylashgan.Ko‘rish do‘mbog‘i – tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda bo‘lib (nerv hujayralari to‘plami), unda barcha sezgi a’zolari orqali seziladigan ta’sirlar (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, og‘riqni sezish) oldin ko‘rish do‘mbog‘i orqali qabul qilinib, keyin bosh miya yarim sharlari markazlariga o‘tkaziladi.Bizga o‘qishning psixologik asosi qismidan ma’lumki, ko‘z tomonidan ko‘rilgan yoki barmoq uchlari retseptorlari sezadigan belgi yo narsaning nima ekanligini anglash bosh miya yarim sharlari neyronlarining ta’sirlanishidan hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alish (ong) tufayli anglanadi.Anglangan harf, bo‘g‘in, so‘zni o‘qish (ovoz chiqarib, ichida o‘qish) esa o‘z navbatida ularni tovushlarga aylantirishni talab qiladi. Sog‘lom bola harfning tashqi ko‘rinishini ko‘rish bilan birga uning talaffuzini o‘rgatayotgan shaxsning ovoziga ham e’tibor beradi, rasm bilan birga berilgan bo‘lsa, uni eslash uchun rasmlarni ko‘z oldiga keltiradi, eslaydi.Ma’lumki, tilni o‘rganayotgan har qanday o‘quvchida harflarni tanib, bir-biridan ajratib olgunga qadar qiyinchiliklar kuzatiladi: bir harfni xotirada saqlab turgan holda ikkinchi harfni eslash, bo‘g‘in hosil qilish jarayonida esa bir nechta harfni qo‘shgan holda talaffuz qilish kabilar, lekin fiziologik jihatdan sog‘lom bolada bu qiyinchiliklar o‘tib ketadi va o‘qish malakasi sekinlik bilan shakllanadi.Shveysariyalik psixolog J. Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi, 7 yoshli bola ta’lim olish uchun har tomonlama tayyor bo‘ladi. Ma’lumki, ta’lim bosqichlari bolaning ma’lum psixologik imkoniyatlari shakllanadigan muayyan yoshiga mos holda olib boriladi.Matnni o‘qish jarayoni pedagogik (biror shaxs tomonidan takrorlab o‘rgatish, ko‘rsatish), psixologik (diqqatni yig‘gan holda o‘rganilayotgan narsaga qarash, tikilish), jismoniy (boshqa harakatlarni to‘xtatgan holda ko‘zni faqat harf, bo‘g‘in yo so‘zga qaratish) va fiziologik (o‘rgatilayotgan harf yo so‘zni takrorlay olish, o‘qiy olish qobiliyatining mavjud yoki mavjud emasligi) jarayon hisoblanadiO‘qishning samarali bo‘lishida pedagogik va jismoniy jarayonlarni rejalashtirish va tartibga solish mumkin, ammo psixologik va fiziologik, ya’ni psixofiziologik jarayonlarni o‘qituvchi yoki o‘quvchining o‘zi tomonidan muvofiqlashtirib bo‘lmaydi.Download 5.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling