Ko’makchi


Download 1.23 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1590817
  1   2   3   4
Bog'liq
Yordamchi so\'z turkumlari slayd taqdimot

Ko’makchi

Ko’makchilar vosita,maqsad,vaqt,sabab,makon munosabatlarini ifodalash uchun xizmat qiladigan so’z turkumidir.

Ko’makchilar

  • Bilan,uchun,kabi,sari,sayin,qadar,tomon,boshqa,sababli,orqali,tufayli,qarab,qaramay,so’ng,tashqari,beri,ko’ra,chog’li,uzra kabi so’zlar kiradi(bu so’zlar ot,sifat,ravish va fe’llardan ko’makchiga ko’chgan so’zlardir)
  • Ko’makchilar dastlab ikkiga bo’linadi:
  • Sof ko’makchilar;
  • Ko’makchi otlar;

Sof ko’makchilar Asl ko’makchilar

  • Bu ko’makchilar leksik ma’noga ega emas. Bular: bilan,uchun,qadar,sari,sayin.

Ot ko’makchilar

  • Bular ot,ravish kabi so’z turkumlaridan ko’makchiga o’tgan so’zlardir:burun,ilgari,keyin,boshqa,tashqari kabi.

Fe’l ko’makchilar

  • Fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko’makchiga o’tgan so’zlardir:qarab,ko’ra,qaraganda,yarasha,boshlab kabi.

Bilan ko’makchisi

  • Bu ko’makchi badiiy adabiyotda ba’zan birlan,birla,bila,-ila,-la shaklida qo’llaniladi.Masalan:Qo’shinlaring bo’ldi yer bila yakson.(H.Olimjon)
  • Xalqing birlan bahodirsan,yana sen benahodirsan.(S.Abdulla)

Ko’makchi otlar

  • Ko’makchi otlar asosan mustaqil ma’noli so’zlar bo’lib,ma’lum o’rinlardagina ko’makchi sifatida qo’llaniladi. Ko’makchi otlar,odatda,jo’nalish,chiqish va payt kelishigi bilan turlangan bo’lib, o’zidan oldin kelgan so’zlarga nisbatan qaralmish holatida bo’ladi:binoning oldida,daryoning o’rtasida.

Ust ko’makchisi

  • Ko’makchi vazifasida kelgan ust so’zi past so’zining antonimi hisoblanadi.Masalan:Ovqat ustida Xadicha xola qishloqda bo’lib o’tgan hamma katta-kichik hodisalar to’g’risida gapirib berdi.(A.Qahhor)

Gorizontal yo’nalish bildiruvchi ko’makchilar

  • Bu ko’makchi otlarga old,orqa,yon,ich tomon kabi so’zlar kiradi.Masalan:Nizomjon uning oldiga jadal yurib ketdi.(S.Ahmad)

Aralash yo’nalish bildiruvchi ko’makchilar

  • Bular o’rta,ora,bosh kabi so’zlardir.Masalan:Dilnoza xola hovli o’rtasidagi supaga kelib,oppoq yostiqqa engashdi.(I.Rahim)
  • Agar yaqin orada havo ochilmay surunkasiga yomg’ir yog’ib bersa, nima qilasiz?(N.Safarov)
  • Asqar ota borib sag’ananing boshiga o’tirdi.(A,Qahhor)

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling