1-ma’ruza. Elektrodinamikaga kirish. Reja
Download 247.06 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
кг
m 31 10 * 1 , 9 -elektron massasi Boshqa tomondan elektronlar orasida elektr itarilish kuchi xam mavjud bo’lib u 2 2
/ r e F e (2) ga teng, bu yerda
19 10 6 . 1 ;
9 10 9 4 1 o , (1) va (2) dan
43
2 10 4
e F F o r e (3)
Shunday qilib ikkita elektronlar orasidagi gravitatsion o’zaro ta’sir kuchi xisobga olmasa bo’ladigan darajada kichik. Elementar zarralarning o’zaro ta’sir soxalarida tortishish kuchlari 2 2 / r m G F r amalda xech qanday rol o’ynamaydi. Tortishish kuchlari faqat katta o’lchamga ega bo’lgan neytral massalar o’zaro ta’siridagina axamiyatlidir.
Kuchli o’zaro ta’sir tufayli yuzaga keluvchi yadro kuchlarining qonuni xozirgi vaqtda to’liq aniqlanmagan. Lekin yadro kuchlarining xossalari yetarli darajada batafsil o’rganilgan. Ma’lumki bu kuchlar tabiatiga ko’ra yaqindan ta’sir qiluvchi kuchlardir. Ularning ta’siri nuklonlarni taxminan 10 -15
m masofagacha yaqinlashtirgandagina seziladi. Bunday masofalarda yadro kuchlari elektromagnit kuchlariga nisbatan bir necha marotaba katta. Lekin masofa ortishi bilan bu kuchlar juda tez kamayib elektromagnit kuchlariga nisbatan xisobga olmasa bo’ladigan darajaga tushib qoladilar. Shu sababli, yadro kuchlari elementar zarralar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari sifatida faqat ular juda kichik masofalarga qadar yaqinlashtirilgandagina muxim rol o’ynaydi. Masalan ular modda yadrolarini xosil bo’lishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Kuchsiz o’zaro ta’sir esa zarralarni bir-biriga aylanishida axamiyatli. Zarralar bir-biridan uzoqlashtirilganda ularni e’tiborga olmaslik mumkin.
Shunday qilib to’rt xil o’zaro ta’sirning ichidan faqat elektromagnit o’zaro ta’sirgina zarralar xarakatini boshqarishda foydalanishga yaroqli. Shu xususiyati tufayli elektromagnit kuchlar zamonaviy fan va amaliyotda favqulodda muxim axamiyatga ega.
Elektromagnit maydon nazariyasi xozirgacha xam o’z axamiyatini to’la saqlab qolgan. U elektron va radiotexnikaning nazariy fundamenti xisoblanadi. Elektrodinamikadagi axamiyati esa beqiyos. Bu nazariya elektroximiya, biofizika, astrofizika va shu kabi boshqa “gibrid” fanlarda xam xal qiluvchi o’rinni egallaydi.
XX asr fizikasi xisoblangan nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi xam klassik maydon nazariyasini “man” qilgani yo’q, faqat qator tushinchalarni fizik ma’nolarini ko’rinishini o’zgartirib, ularning qo’llanish chegaralarini belgilab berdi.
Maksvellning klassik maydon nazarisi xox u integral shaklda bo’lsin, xox differnsial shaklda bo’lsin bundan qat’iy nazar makraskopik xarakterga ega, boshqacha aytganda fenomenologik nazariyadir. Buning ma’nosi unda maydonni qamrab olib fazoni to’la yoki qisman to’ldiruvchi moddaning atom-molekulyar tuzilishi xisobga olinmaydi.
Nazariyaning fenomenologik xarakteri uning cheklanganligidan guvoxlik beradi. Modda tuzilishini xisobga olish - klassik elektron nazariyani va yoki mikroskopik elektrodinamikani paydo bo’lishiga olib keladi. Bu nazariyani asoschisi G. A. Lorents (1853-1928) xisoblanadi.
Lorentsning elektron nazariyasini klassik nazariya deyilishini sababi shundaki, uning asosida klassik fizikaning qonun-qoidalari yotadi. Klassik fizikaning ta’limotiga ko’ra materiyaning barcha ko’rinishlarida, ya’ni mega-,-makro va mikrodunyoda aniq birday qonuniyatlar amal qiladi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda makradunyo bilan mikrodunyo oralig’ida faqat sof miqdoriy, o’lchamiy farqlargina mavjud bo’lib, sifatiy farqlar butunlay yo’q deb qaraladi.
Makraskopik elektrodinamikada shakllantirilgan Maksvell tenglamalari to’laligicha mikradunyoda xam qo’llashga yaroqli, masalan atomlarning ichida cheksiz kichik xajmlarda. Yo’l-yo’lakay ta’kidlash zarurki bu qonuniyat kvant fizikasi tomonidan man qilinadi. Shunga qaramay klassik elektron nazariya bugunga qadar o’z axamitini yo’qotgani yo’q.
Elektron nazariyada fenomenologik usulni o’rniga modda tuzilishini asosiy deb qarovchi usuldan foydalanib, bu xolda mikroskopik qonuniyatlar model ko’rinishida asoslanadi. Bu usul XX asr fizikasining xarakterli belgisi bo’lib xodisani tushintirish uning ikki mikrofizik moxiyatini ochishdan iborat bo’ladi.
Elektron nazariya dastlabki paytda fenomenologik nazariyada kiritilgan qator kattaliklarni fizik ma’nosini aniqlashtirishda bebaxo rol o’ynaydi. Shunga ko’ra elektrodinamikadan zamonaviy qo’llanmalarda va ilmiy adabiyotda makro va mikroelektodinamikaning o’ziga xos sintezi amalga oshiriladi.
XIX asrning oxiridagi elektrodinamikaning yutuqlari fiziklarni tobora uning mexanizmini mustaxkamlashga ishontirib bordi va dunyoning elektromagnit manzarasiga o’tilganligini nishonladi. Olamning elektromagnit manzarasini rivojlanishi bilan, fizikaning asosiy qoidalarida to’ntarish tayorlandi va u Eynshteynning nisbiylik nazariyasi ko’rinishida yaratildi.
Download 247.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling