1-ma’ruza. Elektrodinamikaga kirish. Reja
Download 247.06 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
Zaryad va maydonlar
Elektromagnit maydonlarning manbalari bo’lib zaryadlangan zarralar yoki elektr zaryadlari xisoblanadi. Agar “qo’zg’almas” elektr zaryadlari elektr maydonini xosil qilsalar, xarakatlanuvchi elektr zaryadlari magnit maydonini xosil qiladilar. Bu qonun 1820-yilda Ersted tomonidan kashf qilingn. Tabiatda magnit maydonini xosil qilishi mumkin bo’lgan magnit zaryadlari yo’q. Bu qonun esa Maksvell tenglamalarining biri ko’rinishida matematik ravishda o’z ifodasini topgan. Demak, xulosa qilish mumkinki tabiatda xar ikkala turdagi maydonlar elektr zardlari tomonidan xosil qilinadi. Bugungi kunda magnit zaryadini mavjudligi yoki mavjud emasligiga aloqador, lekin qariyb yuz yildan buyon xal qilinmay kelayotgan fizikaning muammosi xam bor. Bu muammo bilan dastlab ko’pchilikka ismi tanish bo’lmagan, lekin juda noyob qobiliyat soxibi bo’lgan O. Xevisayd birinchi bo’lib, keyinchalik mashxur ingiliz fizigi P. Dirak shug’illanishgan. Ularning nazariy xisoblashlar yo’li bilan chiqargan xulosalariga ko’ra tabiat magnit zaryadini xam yaratganu, lekin u tajribada xaligacha topilgan emas. Bu muammo aloxida mavzu sifatida qarashga loyiq bo’lgani uchun, biz u xaqida faqat boshlang’ich ma’lumotlargina berishni lozim topdik.
Download 247.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling