1-маъруза. Elektrotexnika materiallarining sinflanishi


Download 172.96 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi172.96 Kb.
#1692189
Bog'liq
MARUZA13

13-MA’RUZA: TORTISH ELEKTR TA’MINOTI TIZIMLARINI BERILGAN HARAKAT GRAFIKLARI BO‘YICHA HISOBLASH

  • REJA:
  • Umumiy ma’lumotlar
  • Tekis kesimlar usuli;
  • Tavsiflovchi kesimlar usuli;
  • Harakat grafigini uzluksiz tadqiq etish usuli.

Elektr tortish tizimi turini to‘g‘ri tanlash, temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimini loyihalash va ulardan samarali foydalanish uchun uning elektr hisoblashlarini yuqori saviyada bajarishni talab etadi. Tizimni hisoblash natijasida quyidagi masalalar hal etilishi lozim:
  • tortuvchi nimstansiya quvvatini tanlash;
  • kontakt tarmog‘i simlari kesimi yuzasini tanlash;
  • elektrlashgan temir yo‘l uchastkasi o‘tkazish qobiliyatini aniqlash va unga tegishli tuzatishlar kiritish;
  • qisqa tutashuv toklaridan himoyalash sxemalari va qurilmalarini tanlash;
  • tortish tarmog‘ini ta’minlash sxemasi varianti va nimstansiyalar joylashish o‘rni variantini tanlash;
  • yer osti inshootlarini daydi toklardan himoyalash sxemalarini tanlash;
  • yondosh liniyalarni elektromagnit ta’sirdan himoyalash usullarini tanlash;
  • tizimning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholash.

Elektr ta’minoti tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin:

  • Elektr ta’minoti tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin:
  • -tortish va notortuvchi yuklamalarni ta’minlash uchun qayta ishlanayotgan elektr energiyasi miqdori, tizimning asosiy elementlari(tortish tarmog‘i va nimstansiya)dagi elektr energiyasi isroflari, rekuperatsiya jarayonida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi;
  • -tortish va notortuvchi yuklamalar tomonidan iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari (tortish tarmog‘i va nimstansiyalardagi elektr energiyasi isrofi, elektrovoz tok qabul qilgichidagi kuchlanishning amaldagi miqdori, bu kuchlanishning belgilangan miqdorini ta’minlash ishonchliligi va kuchlanishlar nosimmetriyasi);
  • -tortuvchi nimstansiyalar, parallel ulash punktlari, seksiyalash postlari fiderlaridagi maksimal ishchi toklar, tortuvchi nimstansiyalar maksimal effektiv toklar, relslarning yerga nisbatan potensiallari, aloqa liniyalarida induksiyalangan kuchlanish va tok miqdorlari.

Tortish elektr ta’minoti tizimi ishlash shart – sharoitlariga ko‘ra o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Tortish elektr ta’minoti tizimi ishlash shart – sharoitlariga ko‘ra o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega:
  • -elektr energiyasi manbayiga ulanadigan tortish yuklamalarining harakat koordinatalari, soni va miqdori uzluksiz ravishda o‘zgarib turadi;
  • -o‘zgaruvchan tok temir yo‘l uchastkalarida uch fazali transformatorlarga ulangan bir fazali tortish yuklamalari (elektrovozlar, elektropoyezdlar) tashqi uch fazali elektr ta’minoti tizimida nosimmetrik yuklama va kuchlanishlarni yuzaga keltiradi;
  • -tok va kuchlanishlarning nosinusoidal shaklga ega bo‘lishi yuqori garmonikalar hisobidan qo‘shimcha elektr energiyasi isrofiga olib keladi va yondosh liniyalarga elektromagnit ta’sirini kuchaytiradi.

Tortish elektr ta’minoti tizimi elektr parametrlarini hisoblashda dastlabki ma’lumot uchun elektrovozning tortish xarakteristikasi, ya’ni elektrovoz iste’mol qiladigan tokning u bosib o‘tadigan yo‘lga bog‘liqligi olinadi.

  • Tortish elektr ta’minoti tizimi elektr parametrlarini hisoblashda dastlabki ma’lumot uchun elektrovozning tortish xarakteristikasi, ya’ni elektrovoz iste’mol qiladigan tokning u bosib o‘tadigan yo‘lga bog‘liqligi olinadi.
  • Tortish elektr ta’minoti tizimini hisoblash usullari tasnifi 4.1- rasmda keltirilgan. Unga ko‘ra barcha usullar ikkita guruhga ajratiladi:
  • a) berilgan harakat grafigi bo‘yicha hisoblash usuli; b) berilgan harakat o‘lchamlari bo‘yicha hisoblash usuli.
  • Berilgan harakat grafigidan foydalanishga asoslangan usul o‘z navbatida tekis kesimlar usuli, tavsiflovchi kesimlar usuli va harakat grafigini uzluksiz tadqiq etish usullariga bo‘linadi.

4.1- rasm. Tortish elektr ta’minoti tizimini hisoblash usullari tasnifi
Harakat grafigini uzluksiz tadqiq etish usuli. Bu usul fider toki grafigini oniy sxemalarni tuzmasdan qurish imkonini beradi. Bunda tortuvchi nimstansiyalar yuklamalarini vaqtga bog‘liqlik grafiklari quriladi.
Download 172.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling