1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish


Download 42.35 Kb.
bet9/18
Sana09.04.2023
Hajmi42.35 Kb.
#1345187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
эргономика умк

Nazorat savollari:
1. Aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslarini izohlang?
2. Aholi va hududlar xavfsizliginni ta’minlashda qanday tashkiliy tadbirlar o‘tkazilmoqda?
3. Yo‘l harakati xavfsizligini oldini olish uchun q anday chora - tadbirlar o‘tkazish zarur?
4. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar?
5. Aholi va hududlar xavfsizliginni ta’minlashda qanday ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar o‘tkazilmoqda?

2-maruza: Faoliyat xavfsizligni tahlil qilish


Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
2. Inson faoliyatining asosiy turlari.
3. Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar.
4. Inson organizmiga zararli omillarning salbiy ta’siri.
Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Mehnat, charchash profilaktikasi, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, xavfli omillar, mexanizatsialashgan mehnat, ijodiy mehnat, o‘ta charchash.
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari.
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko‘rilayotgan sohadagi aloqalar o‘g‘risida to‘liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g‘oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo‘lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo‘lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o‘zaro bog‘liqdir.
Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog‘onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog‘liq.
Xavfsizlikni taminlash yo‘llari ko‘p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
1. Yo‘naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori; tizimning tartibsizlanishi (destruktsiya), operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo‘qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
2. Texnik belgilari: blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash, masofadan boshqarish, mahkamlash, to‘siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo‘llash, siqilganhavo qo‘llash, harakatlarni sekinlashtirish.
3. Tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash, axborot (ma`lumotlar), zahiralash, mos kelmaslik, me`yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
4. Boshqaruv: moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag‘batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
2. Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va inson organizmiga tasiri. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib uning sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Mehnat va faoliyat davomida inson har qanday ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Mehnat insonning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati kishining asosiy faoliyatidir. Faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va ayni chog‘da faoliyat uning shaxsini shakllantiradi. Biz mehnatni aqliy va jismoniy turlarga bo‘lib o‘rganamiz.

Download 42.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling