1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish
Download 42.35 Kb.
|
эргономика умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-moddada
- Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni
37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan. Matn davomida “ Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunga ko‘rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog‘ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi” deb qo‘yilgan.
38-moddada ”Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deyilgan. 39-moddada “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas“ deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy ravishda oshirish imkoniyatini tug‘diradi. 40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanishhuquqiga ega” deb belgilangan bo‘lib, bunda tibbiyot xizmati bo‘yicha cheklanish yo‘qolib, turli-tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‘ladilar, natijada davolash sohasida raqobat vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 6 may 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning so g‘ligi va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Qonunning tarkibiy qismi 5ta bo‘lim va 29ta moddalardan tashkil topgan. Mehnat muhofazasi bo‘yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, fuqarolik kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlari hisoblanadi. O‘zbekiston Ruspublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi. O‘zbekistonda birinchi marta ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlariga kirishayotgan jismoniy shaxslarni mehnatini muhofazasi muammolarini aniq echimiga bog‘liq har xil savollar qonunchilik darajasida ko‘rilmoqda. Bu qonunlar ish bajaruvchilarga ham ular bilan mehnat munosabatlarida bo‘ladigan ishlovchilarga ham, hamda ta’lim muassasalarini, ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tayotgan o‘quvchi va talabalarga ham bir xilda ta’sirga egadir. Qonunchilik mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha ishtirokchilarni, ular hoh jismoniy, hoh huquqiy shaxs bo‘lishidan va qanday shaklda faoliyat yuritayotganidan qat’iy nazar mehnat muhofazasi talablarini so‘zsiz bajarilishi shart ekanligiga urg‘u beradi. Ushbu qonun ish beruvchilar va ishlovchilar munosabatidagi mehnat muhofazasi sistemalari rolini aniqlaydi. Agar korxona va tashkilotda mehnat muhofazasi bo‘yicha xizmat yoki mutaxassis bo‘lmasa, ish beruvchi mehnat muhofazasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis yoki tashkilot bilan tegishli shartnomani tuzishi shart. Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini mehnat sharoiti bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishga burchlidir. Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy k o‘rikdan o‘tkazish ishlarini tashkil etishi shart: 1. 18 yoshga to‘lmaganlar; 2. 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar; 3. nogironlar; 4. mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 5. oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar; 6. umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari. Tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga xodim hakli emas. Tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. Agar ishchining sog‘ligi ish sharoitining salbiy ta’sirida yomonlashgan bo‘lsa u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqli. Tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish qayd etilgan hollarda korxona (ish beruvchi) mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi. Ish joylarida to‘liq va zararsiz va xavfsiz ish sharoitini yaratish amalda mumkin emas. Shu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarinining ishlovchilarga zararli ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan, ishlovchilarni shikastlanishlarini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat. Download 42.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling