1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish


Download 42.35 Kb.
bet1/18
Sana09.04.2023
Hajmi42.35 Kb.
#1345187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
эргономика умк


1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish;
1. Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi.
2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari
3. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
4. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi
tashkilotlar.
5. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha texnik
xodimlarning javobgarligi.
1. Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi.
ERGONOMIKA (yun. — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi) ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda kompleks o‘rganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining o‘zaro ta’siri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat jarayonida inson organizmi holatini o‘rganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Insonning mehnat faoliyata uchun ent o‘ng‘ay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yo‘lidagi dastlabki qadamlar 20-asr bo‘sag‘asida boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyotchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (q. Teylorizm) tomonidan bajarildi. Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari ta’sirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fantexnika taraqqiyoti natijasida ilmiyamaliy fan sifatida paydo bo‘ldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigienasi ta’sirida shakllandi; tibbiyot, biol., biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, mat., injenerlik va texnologik fanlar ma’lumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiymatematik modellashtirish bilan bog‘liq. Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiypsixologik va texniktashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yo‘llari va usullarini topish turadi. Ergonomika o‘z tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. «Ergonomika» termini 1949 yil Angliyada shu soha bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boruvchi jamiyat tomonidan amaliyotga kiritilgan. Ergonomikada yana ikkita tamoyil bo‘lib, ular insonni ishga, ishni insonga moslashtirish omillaridan iborat. Birinchisida samaradorlikni ta’minlash, ikkinchisida insonga qulaylik yaratish ko‘zda tutiladi. Ergonomika kishining butun ish kuni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatini ta’minlash uchun mehnat va dam olish rejimini ham o‘rganadi. ergonomika bo‘yicha barcha amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqarish samaradorliginy oshirish, ishlovchilar uchun qulayliklar yaratish va ayni paytda ularning salomatligini ta’minlashga qaratiladi. Shuning uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar ergonomik talablarini hisobga olib loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi.

Download 42.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling