1-maruza. Fan strukturasi, vazifasi Qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish mexanizatsiyasida texnologik jarayonlar. Tuproqqa ishlov berish mashina va qurollari. Tuproqning fizik–mexanik xossalari. Shudgorlash texnologiyalari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi0.51 Mb.
#139019
Bog'liq
1- маъруза Fan strukturasi, vazifasi


1-maruza. Fan strukturasi, vazifasi  

Qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish mexanizatsiyasida texnologik 

jarayonlar. Tuproqqa ishlov berish mashina va qurollari. 

Tuproqning fizik–mexanik xossalari. Shudgorlash texnologiyalari 

 

Fanni  o'qitishdan  maqsad-mavjud  qishloq,  xo'jalik  mashinalari 

konstruktsiyalari  asosida  (xususan  tuproqga  ishlov  berish  va  ekish, 

o’tqazish  mashinalari  konstruktsiyalari  asosida)  qishloq  xo'jaligi 

mashinalari nazariyasi asoslarini o'rganshidir. 

Fanni o'rganishda qo'yiladigan vazifalar;  

-  ishchi  organ  bajarayotgan ish jarayonlarini, tuproqni  yoki  ekilayotgan 

urug' xosalarini xisobga olib, modellashtirish;  

- ishchi organ texnik echimini sintez qilish yoki tanlash;  

-  mashinaning  sxemasi,  umumiy  strukturasi  va  kompozitsiyasini 

asoslash;  

-  tuproqga  ishlov  beruvchi  va  ekish  mashinalarini  loyixalashni 

avtomatlashtirish tizimidan («LAT») foydalanishni o'rganish. 

 

Tuproq unumdorligi deb, ekinlarning o'sish davrida oziq suv, xavo 

va  issiqlikka  talabini  qondirish  imkoniyatiga  aytiladi.  Tuproq  uch 

qismdan:  qattiq,  suyuq  jismlar  va  gazlardan  iborat.  Qattiq  jismlar  orasi 

suv  va  gaz  bilan  to'lgan  va  tuproqda  suv  qancha  ko'p  bo'lsa,  xavo 

shuncha nam va aksincha, bo'ladi.  

Tuproqning  tuzilishi  uning  g'ovakligi  va  zichligi  bilan  umumiy 

tavsiflanadi. 



Tuproqning  zichligi  tabiiy  tuzilgan  1  sm

3

  quruq  tuproq 



massasidan  iborat.  U  Tuproq  tipiga,  mineralogik  va  mexanik  tarkibiga, 

strukturasiga,  g'ovakligiga  bog'liq.  Tuproqni  tashkil  etuvchi  minerallar 

zichligi  2,4  ...  2,8  g/sm

3

,  tuproqdagi  qattiq  zarracha  zichligi  2,7  g/sm



3

chirindili  tuproq  zichligi  1,2...1,4  g/sm



3

.  Tuproq  zichligi  mutlaq  qupuq 

tuproq  massasi  m  ning  tabiiy tuzilishini buzmay  olingan  namuna  xajmi 

V ga nisbatiga teng, ya'ni: 

 ρ

т

=m/V.                         (2.1) 



 

Haydalma  qatlam  osti  zichligi  o'rtacha  1,6  g/sm3  bo'lib,  bundan 

ortiq  zich  tuproqda  xavoning  etishmasligi  va  katta  qarshilik  natijasida 

g'o'za  ildizlari  yomon  rivojlanadi.  Shuning  uchun  xam  dalalar  xar  3...4 

yilda  50...60  sm  chuqur  yumshatilib,  ayni  vaqtda  chirigan  go'ng  xam 

mineral  o'g'itlar  aralashtirib  solinadi.  Tuproq  g'ovakligi  tabiiy  tuproq 



tuzilishini tavsiflaydi, tuproq zarralari xamda bo'laklari orasidagi barcha 

bo'shliqlar  umumiy  xajmi  Vb  ning  namunaning  umumiy  xajmi  VT  ga 

nisbati bilan ifodalanadi: 

 

𝑈 =


𝑉

б

𝑉



т

=  1 −


𝜌

т

𝜌



з

  100,   

 

 

(2.2) 



 

bunda ρ


з

 -qattiq quruq zarracha zichligi,. g/sm3.  

Ekilgan  chigitlarning  unib  chiqishi  davrida  10  sm  li  qatlamda 

tuproq g'ovakligi 55% ni tashkil etadi.  



Tuproq strukturasi. Donador tuproqda zarralar organik moddalar 

vositasida  o'zaro  yopishib,  bo'lak-bo'lak  xolatda  bo'ladi.  Donador 

tuproqda  bo'laklar  yirikligi  0,25  ...  10  mm.  Bunday  tuproq  serunum, 

ishlov  berganda  yaxshi  uvalanib  yumshaydigan  bo'ladi.  Unumsiz  - 

tuproq  0,25  mm  dan  mayda  changsimon  zarralardan  tuziladi.  Shuning 

uchun  u  namni  yaxshi  saqlamaydi,  xavoni  deyarli  o'tkazmaydi,  ish 

organlariga  katta  qarshilik  ko'rsatadi.  Tuproqqa  ishlov  berganda 

tuproqning  chang  xolatiga  kelishiga,  ortiqcha  ezilishiga  yo'l  quymaslik 

kerak. 

Tuproq  turlari.  Tuproq  zarralari  1  mm  dan  katta  bo'lganda  yirik 

tuproq,  1  mm  dan  kichik  bo'lganda  esa  mayda  tuproq  deyiladi.  1  mm 

dan  katta  zarralar  0,5%  dan  kam  bo'lganda  kesaksiz  tuproq,  10%  dan 

ziyod bo'lganda esa, serkesak tuproq deyiladi. Tuproq diametri 0,01 mm 

dan mayda zarrachalarning foiz miqdoriga qarab turlicha nomlanadi: soz 

tuproq (50%  dan  ortiq), qumoq tuproq (50 ... 20%), qumloq tuproq  (20 

... 10%)  va  tuproq (zarrachalar 10%  dan  kam). Mayda  zarrachalar  ko'p 

bo'lgani uchun soz va tuproqlar Og'ir tuproq deyiladi. Ishlov berganda u 

katta  qarshilik  (0,06  ...  0,15  MPa)  ko'rsatadi,  ko'p  miqdorda  organik 

o'g'it  talab  etadi.  O'zbekistonda  ishlov  beriladigan  erlarning  72%  og'ir 

qumoq tuproqlidir.  



Tuproq namligi. Tuproqning qattiq zarrachalar bilan to’lmagan 

xajmi suv va xavo bilan band bo'ladi. Tuproqdagi suv miqdori uning 

absolyut namligi ω

a

 bilan aniqlanadi: 



ω

а

 =100 (m

н

-m

q

)/m

q   

 

 



 

(2.3) 

 

bunda m



н

 va т

q

 — tegishlicha nam va quruq tuproq massasi. Xar qanday 



tuproq  yog'ingarchilik  yoki  sug'orilgandan  keyin  optimal  namlikka  ega 

bo'lib, ishlov berishga tayyor bo'ladi. Tuproq bu xolatida etilgan tuproq 

deyiladi  va  uning  absolyut  namligi  maqbul  qiymatga  etadi.  O'rta 


Osiyoning  sug'oriladigan  erlari  uchun  maqbul  absolyut  namlikning 

yuqori chegarasi 20% dan oshmaydi.  



Tuproqning uvalanish (maydalanish) xususiyati yirikligi 50 mm 

dan  kichik  kesaklar  massasining  namunadagi  tuproq  massasiga  nisbati 

bilan  ifodalanadi.  Chigit  ekiladigan  tuproq  qatlamida  kesaklar  yirikligi 

0,25  ...  7  mm  bo'lishi  va  ular  tuproq  xajmining  asosiy  qismini  tashkil 

etishi lozim. 

 

1-rasm. Tuproq qattiqligini o'lchagich: 



a-tsilindrik uchlik o'rnatilgan; b-konussimon uchlik o'rnatilgan; 1-dasta; 2-prujina; 

3-tirak; 4-shtok; 5-asos; 6-uchlik; 7-vint; 8-gayka; 9-konussimon shesternyalar; v-

tuproq qattiqligini o'lchab xosil qilingan diagrammalar: A-tsilindrik uchlik; B-

konussimon uchlik. 



Tuproqning  qattiqligi  konussimon,  silindrik  yoki  sharsimon 

uchlik  o'rnatilgan  sterjenning  vertikal  botishiga  ko'rsatadigan  qarshiligi 

bilan  aniqlanadi.  Tuproqning  qattiqligi  uning  mexanik  xususiyatlarini 

ifodalovchi  ko'rsatkichdir.  Qattiqligini  o'lchaydigan  asbob  —qattiqlik 

o'lchagich  (1-rasm,  a  va  b)  quyidagicha  ishlaydi.  Dasta  1  ni  bosganda 

bosim  kuchi  prujina  2,  tirak  3,  shtok  4  va  uchlik  orqali  tuproqqa 

uzatiladi. Prujinaning siljish kuchi tuproq qarshiligidan oshganda uchlik 

tuproqqa bota boshlaydi, shunda qog'oz lentaga diagramma chiziladi. 1-

rasm, v dagi diagrammalar silindrik uchlik (a) va konussimon uchlik (b) 

o'rnatib  xosil  qilingan.  Standartga  ko'ra  konussimon  uchliklarning  ikki 

xili  ishlatiladi.  Biri asosining  yuzi  1 sm

2

    hamda  cho'qqisidagi burchak 



22°30'  (qattiq  tuproqda)  va  ikkinchisi  asosining  yuzi  2  sm

2



cho'qqisidagi burchak 30° (yumshoq tuproqda).  

Diagrammadagi  os  uchastka  tuproq  qattiqligi  prujina  2  ning 

siqilish kuchiga proportsional oshib borganligini bildiradi. 

        Shuning  uchun  s  nuqtada  tuproqning  qattiqligi  quyidagicha 

aniqlanadi: 


Р = ky/S                                                        (2.4) 

bunda  k  —  prujinaning  bikrligi  (kalibri),  tarirovka  yo'li  bilan  topiladi, 

N/mm; u— s nuqta ordinatasi, mm. Ordinata o'qiga tuproqning qarshilik 

kuchi Ru = ky ni qo'yish xam mumkin. Uchlik 6 ni tuproqqa l

1

 dan keyin 



yana  botirish  davom  ettirilganda  tuproq  qarshiligi  o'zgarmaydi,  faqat 

xaydalma 

qatlam 

ostiga 


etganda 

qarshilik 

yana 

oshadi. 


Diagrammalardagi s — proportsionallik chegarasi; e — og'ish chegarasi. 

Qattiklik;  o'lchagich  yasagan  diagramma  bo'yicha  tuproqning  standart 

(o'rtacha) qattiqligi quyidagicha topiladi: 

Рс = kh/S,                                                   (2.5) 

 

bunda  h  —  diagrammaning  o'rtacha  ordinatasi,  mm;  5  —  uchlikning 



yuzi,  mm

2

.  Diagrammaning  o'rtacha  ordinatasi  h  egri  chiziq  ocd  bilan 



cheklangan  yuzani  planimetr  bilan  o'lchab,  l2  ga  bo'lib,  aniqlanadi. 

Tuproqning  uchlik  ostida  ezilishini  ifodalash  uchun  xajmiy  siqish 

koeffitsienta q

0

 (N/sm



3

) quyidagicha xisoblanadi: 



q

0

 = ky/Sl

1

,                                                          (2.6) 

 

bunda l



1

— uchlikning proportsionallik chegarasigacha tuproqqa botishi. 

Chigit ekishga tayyorlangan o'rtacha og'ir qumoq tuproq uchun 5...15 sm 

chuqurlikda  R  =  0,2...1,1  MPa,  shudgorda  tuproqning  xajmiy  siqish 

koeffitsienti q0 — 5 ... 8 N sm3.  

        Tuproqning  ishqalanish  xususiyatlari.  Tashqi  ishqalanish  kuchi 

reaktiv  (passiv)  kuch  bo'lib,  tayanch  sirtda  yotuvchi  jismni  siljitishga 

intiluvchi  aktiv  tashqi  kuch  ta'sir  etganda  paydo  bo'ladi.  Tashqi 

ishqalanish kuchi F o’zini hosil qilgan tashki aktiv kuchga teng va uning 

chekka  qiymati  fN  dan  oshib  keta  olmaydi.  Bunda  f-  ishqalanish 

koeffitsienti, N — normal kuch. Demak, ishqalanish kuchi 



F =fN =Ntg υ,               

 

              (2.7) 



bunda  υ  —  tashqi  ishqalanish  burchagi.  Sochiluvchan  tuproq 

zarralarining  o’zaro  (ichki)  ishqalanish  koeffitsienti  f

0

  ni  tuproqning 



tabiiy nishablik burchagi υ

0

 bilan ifodalash mumkin: 



tg φ

0

 =f

0

   

 

                          (2.8) 



 

Paxtachilik zonasida tuproqning po'latga ishqalanish koeffitsienti f 

= 0,6 ... 0,7, ichki ishqalanish koeffitsienti f

0

= 0,8 ... 1.5.  Bu qiymatlar 



uchun tuproq namligi 14 ... 19%.  

Ishqalanishning 

ijobiy 

xususiyati 



shundaki, 

mashina 



g'ildiraklarining  tuproq  bilan  tishlashish  kuchini  oshiradi,  etakchi 

g'ildrakning  shataksirashini  kamaytiradi,  energiya  kam  nobud  bo'ladi. 

Ishqalanishning  salbiy  xususiyati  shundaki,  u  tuproqqa  ishlov  beruvchi 

mashinalarning  qarshiligini  oshirib,  energiyaning  ortiqcha  sarflanishiga 

sabab bo'ladi, ishkalanuvchi sirtlarning jilvirlanib eyilishini tezlashtiradi. 



Tuproqning  mustaxkamlik  xususiyatlari  (deformatsiyalarga 

qarshiligi) 

tuproqning 

turiga,  namligiga,  shuningdek  o’simlik 

ildizlarining  bor-yuqligiga  ancha  bog'liq.  Tuproqning  mustaxkamligi 

uning cho'zilishga  muvaqqat qarshiligi  σ

ch

 - 0,5 kPa, siljishga qarshiligi 



τ=  1  kPa  va  siqilishga  qarshiligi  σ

s

  =  10  kPa  bilan  belgilanadi.  Bu 



qiymatlar namligi 20 % li qora tuproqlar uchun olingan. 

Yer  xaydashda  tuproqning  solishtirma  qarshiligi  tuproqning 

mexanik  tarkibi,  strukturasi,  zichlik  darajasi,  chim  qatlami,  namligi  va 

boshqalarga  bog'liq  bo'lib,  ishlov berishning  og'ir engilligini aniqlashda 

qo'llaniladi. Tuproqning solishtirma qarshiligi quyidagicha topiladi: 

k=P/(abn),                                                

(2.9) 

bunda P— plugning dinamometr yordamida o’lchangan umumiy 

qarshiligi, N; 

a — shudgorlash chuqurligi, m; 

b— korpusning qamrash kengligi, m; 

p — plugdagi korpuslar soni.  

Solishtirma qarshiligi 30 kPa gacha bo'lgan tuproq engil, 30 ... 50 

kPa — o'rtacha, 50 ... 70 kPa — o'rtacha ogir, 70 ... 120 kPa —og'ir va 

120 kPa dan katta bo'lganda juda og'ir tuproq deyiladi.  



Tuproqning  yopishqoqligi.  Nam  tuproqning  o’zaro  va  ish 

organlarining 

sirtiga 

yopishishi 

uning 

yopishqoqligi 



deyiladi. 

Yopishqoqlik  tuproqqa  yopishgan  sirtni  ajratishga  zarur  bo'lgan  kuch 

miqdori  bilan  ifodalanadi.  Tuproq  ayniqsa  og'ir,  nam  ish  organlarining 

sirti  notekis  bo'lganda  ko'proq  yopishadi.  Bu  holda  ishlov  berilayotgan 

tuproq  ish  organiga  emas,  balki  yopishgan  tuproqqa  ishqalanadi, 

qarshilik  oshadi, ish sifati  pasayadi. Shuning  uchun ish  organlari  sirtini 

doim toza saqlash kerak. 

Tuproqning  jilvirlik  xossalari  deyilganda  tuproq  tarkibidagi 

qattiq zarralarning  o'tkir qirralari bilan metall qatlamini tirnash, qirqish, 

sidirish xususiyati tushuniladi. 

 

 

 

 

 


Tuproqqa mexanik ishlov berishda bajariladigan 

 ishlar va jarayonlar. 

 

 

Tuproqqa  mexanik  ishlov  berishda  quyidagi:  ag'darish,  uvalash 

(yumshatish),  qirqish,  aralashtirish,  zichlash,  yuza  tekislash,  begona  o't 

ildizini qirqib, sug'orish, marza va egat olish ishlari bajariladi.  



Ag'darish  —  tuproqning  sirtki  va  quyi  qatlamlari  o'rnini 

almashtirish.  Bu  ish  shudgorlash  jarayonida  sodir  bo'lib,  tuproqning 

sirtki  chimli  qatlami  egat  tubiga  ag'darib  yotqiziladi.  Shunda  o'simlik 

qoldiqlari,  er haydash oldidan sepilgan organik va  mineral o’g'itlar  ham 

ko'miladi.  

Uvalash  —  ishlov  beriladigan  tuproq  qatlamini  mayda 

bo'lakchalarga ajratish. Bunda tuproq bo'lakchalarining orasi kattalashib, 

uning  zichligi  kamayadi.  Tuproqni  yumshatish  darajasi  uning  ishlov 

berishdan avvalgi va keyingi zichliklari nisbati bilan aniqlanadi. Uvalash 

jarayonida tuproqning 1mm, ayniqsa 0,25 mm dan  mayda bo'lishi,  ya'ni 

chang  holiga  kelishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Changsimon  tuproq 

massasining  namuna  massasiga  nisbati  tuproqning  chang  holatga 

aylanish darajasini ko'rsatadi.  



Qirqish  —  ishlov  berilayotgan  tuproq  qatlamini  erdan  ajratish 

qirqishning vertikal va gorizontal turlari bo'ladi.  



Aralashtirish — ishlov berilayotgan tuproq bo'lakchalari, o'g'it va 

xokazolarni aralashtirib, ularni bir jinsli qilish, tekis taqsimlash.  



Zichlash  (mola  bostirish)—chigit  va  don  ekish  oldidan 

shudgorning  5 ... 10  sm  li  yuza qatlamini zichlash.  Mayda  urug'larning 

bir  xil  chuqurlikda  tekis  ekilishi,  keyinchalik  yomg'ir  va  sug'orish 

natijasida  tuproq  chukib,  nixollar  ildizining  uzilmasligi  uchun  u  ekin 

ekish  oldidan  zichlanadi.  Ekilgan  donlarning  tuproq  bilan  yaxshi 

kontaktda  bo'lishi,  ularni  kapillyar  nam  bilan  ta'minlash  uchun  tuproq 

ekin  ekilgandan  keyin  ham  zichlanishi  mumkin.  Quruq  cho'l  zonasida 

tuproqning  ustki  qatlamini  shamoldan  saqlash  va  namni  yo'qotmaslik 

uchun tuproqning ustki qatlami zichlanadi.  

Yuza  tekislash.  Daladagi  kichik  notekisliklarni  yo'qotishdan 

iborat.  Shunda  namning  bug'lanishi  kamayadi,  urug'  bir xil  chuqurlikda 

ekiladi, sug'orish paytida suv egatlardan tekis taraladi.  

Begona  o'tlarni  qirqish  va  yulish.  Begona  o'tlar  ildizpoyalari 

mexanik usulda  qirqish, sug'orish va tarashlash yo'li bilan yo'qotiladi.  



Marza, jo'yak, egat olish ishlari ekinlarni sug'orish, yaxob berish 

va sho'r yuvishda bajariladi.  



Texnologik jarayon. Qurollarning ish organlari yagona texnologik 

jarayonni  tashkil  etuvchi  bir  nechta  ishlarni  bir  o'tishda  bajaradi. 

Masalan,  er  xaydashda  tuproq  palaxsasi  egat  tubi  va  devoridan  qirqib 

ajratiladi,  ag'dariladi,  yumshatiladi  va  aralashtiriladi.  Paxta  dalalarini 

ekishga  tayyorlashda  quyidagi  texnologik  jarayonlar  bajariladi:  er 

haydash,  chuqur  yumshatish,  sidirg'a  kultivatsiya  qilish,  boronalash, 

frezalash, yuza tekislash, mola bostirish.  

Bir  necha  texnologik  jarayon  yoki  ish  er  ishlash  sistemasini 

tashkil  etadi.  Ikki  xil  ishlov  berish  sistemasi  bor.  Asosiy  ishlov  berish 

sistemasi  oddiy  va  maxsus  pluglar  yordamida  tuproq  palaxsalarini 

ag'darib  va  ag'darmay  xaydashdan,  yordamchi  ishlov  berish  sistemasi 

esa  dalalarni  ekin  ekishga  tayyorlash  (boronalash,  chizellash, frezalash, 

tekislash-molalash)  va  ekishdan  keyin  ishlov  berish  (o'simliklarni 

parvarish qilishdan iborat. 



 

 

 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling