1-maruza. Fan strukturasi, vazifasi Qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish mexanizatsiyasida texnologik jarayonlar. Tuproqqa ishlov berish mashina va qurollari. Tuproqning fizik–mexanik xossalari. Shudgorlash texnologiyalari
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1- маъруза Fan strukturasi, vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq namligi
- Tuproqning uvalanish (maydalanish) xususiyati
- Tuproqning ishqalanish xususiyatlari.
- Tuproqning mustaxkamlik xususiyatlari
- Tuproqning yopishqoqligi.
- Tuproqning jilvirlik xossalari
- Tuproqqa mexanik ishlov berishda bajariladigan ishlar va jarayonlar.
- Qirqish
- Begona otlarni qirqish va yulish
1-maruza. Fan strukturasi, vazifasi Qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish mexanizatsiyasida texnologik jarayonlar. Tuproqqa ishlov berish mashina va qurollari. Tuproqning fizik–mexanik xossalari. Shudgorlash texnologiyalari Fanni o'qitishdan maqsad-mavjud qishloq, xo'jalik mashinalari konstruktsiyalari asosida (xususan tuproqga ishlov berish va ekish, o’tqazish mashinalari konstruktsiyalari asosida) qishloq xo'jaligi mashinalari nazariyasi asoslarini o'rganshidir. Fanni o'rganishda qo'yiladigan vazifalar; - ishchi organ bajarayotgan ish jarayonlarini, tuproqni yoki ekilayotgan urug' xosalarini xisobga olib, modellashtirish; - ishchi organ texnik echimini sintez qilish yoki tanlash; - mashinaning sxemasi, umumiy strukturasi va kompozitsiyasini asoslash; - tuproqga ishlov beruvchi va ekish mashinalarini loyixalashni avtomatlashtirish tizimidan («LAT») foydalanishni o'rganish.
va issiqlikka talabini qondirish imkoniyatiga aytiladi. Tuproq uch qismdan: qattiq, suyuq jismlar va gazlardan iborat. Qattiq jismlar orasi suv va gaz bilan to'lgan va tuproqda suv qancha ko'p bo'lsa, xavo shuncha nam va aksincha, bo'ladi. Tuproqning tuzilishi uning g'ovakligi va zichligi bilan umumiy tavsiflanadi. Tuproqning zichligi tabiiy tuzilgan 1 sm 3 quruq tuproq massasidan iborat. U Tuproq tipiga, mineralogik va mexanik tarkibiga, strukturasiga, g'ovakligiga bog'liq. Tuproqni tashkil etuvchi minerallar zichligi 2,4 ... 2,8 g/sm 3 , tuproqdagi qattiq zarracha zichligi 2,7 g/sm 3 , chirindili tuproq zichligi 1,2...1,4 g/sm 3 . Tuproq zichligi mutlaq qupuq tuproq massasi m ning tabiiy tuzilishini buzmay olingan namuna xajmi V ga nisbatiga teng, ya'ni: ρ т
Haydalma qatlam osti zichligi o'rtacha 1,6 g/sm3 bo'lib, bundan ortiq zich tuproqda xavoning etishmasligi va katta qarshilik natijasida g'o'za ildizlari yomon rivojlanadi. Shuning uchun xam dalalar xar 3...4 yilda 50...60 sm chuqur yumshatilib, ayni vaqtda chirigan go'ng xam mineral o'g'itlar aralashtirib solinadi. Tuproq g'ovakligi tabiiy tuproq tuzilishini tavsiflaydi, tuproq zarralari xamda bo'laklari orasidagi barcha bo'shliqlar umumiy xajmi Vb ning namunaning umumiy xajmi VT ga nisbati bilan ifodalanadi:
𝑈 =
𝑉 б 𝑉 т = 1 −
𝜌 т 𝜌 з 100,
bunda ρ
з -qattiq quruq zarracha zichligi,. g/sm3. Ekilgan chigitlarning unib chiqishi davrida 10 sm li qatlamda tuproq g'ovakligi 55% ni tashkil etadi. Tuproq strukturasi. Donador tuproqda zarralar organik moddalar vositasida o'zaro yopishib, bo'lak-bo'lak xolatda bo'ladi. Donador tuproqda bo'laklar yirikligi 0,25 ... 10 mm. Bunday tuproq serunum, ishlov berganda yaxshi uvalanib yumshaydigan bo'ladi. Unumsiz - tuproq 0,25 mm dan mayda changsimon zarralardan tuziladi. Shuning uchun u namni yaxshi saqlamaydi, xavoni deyarli o'tkazmaydi, ish organlariga katta qarshilik ko'rsatadi. Tuproqqa ishlov berganda tuproqning chang xolatiga kelishiga, ortiqcha ezilishiga yo'l quymaslik kerak.
dan katta zarralar 0,5% dan kam bo'lganda kesaksiz tuproq, 10% dan ziyod bo'lganda esa, serkesak tuproq deyiladi. Tuproq diametri 0,01 mm dan mayda zarrachalarning foiz miqdoriga qarab turlicha nomlanadi: soz tuproq (50% dan ortiq), qumoq tuproq (50 ... 20%), qumloq tuproq (20 ... 10%) va tuproq (zarrachalar 10% dan kam). Mayda zarrachalar ko'p bo'lgani uchun soz va tuproqlar Og'ir tuproq deyiladi. Ishlov berganda u katta qarshilik (0,06 ... 0,15 MPa) ko'rsatadi, ko'p miqdorda organik o'g'it talab etadi. O'zbekistonda ishlov beriladigan erlarning 72% og'ir qumoq tuproqlidir. Tuproq namligi. Tuproqning qattiq zarrachalar bilan to’lmagan xajmi suv va xavo bilan band bo'ladi. Tuproqdagi suv miqdori uning absolyut namligi ω a bilan aniqlanadi: ω а
н
q
q
(2.3)
bunda m н va т q — tegishlicha nam va quruq tuproq massasi. Xar qanday tuproq yog'ingarchilik yoki sug'orilgandan keyin optimal namlikka ega bo'lib, ishlov berishga tayyor bo'ladi. Tuproq bu xolatida etilgan tuproq deyiladi va uning absolyut namligi maqbul qiymatga etadi. O'rta
Osiyoning sug'oriladigan erlari uchun maqbul absolyut namlikning yuqori chegarasi 20% dan oshmaydi. Tuproqning uvalanish (maydalanish) xususiyati yirikligi 50 mm dan kichik kesaklar massasining namunadagi tuproq massasiga nisbati bilan ifodalanadi. Chigit ekiladigan tuproq qatlamida kesaklar yirikligi 0,25 ... 7 mm bo'lishi va ular tuproq xajmining asosiy qismini tashkil etishi lozim.
1-rasm. Tuproq qattiqligini o'lchagich: a-tsilindrik uchlik o'rnatilgan; b-konussimon uchlik o'rnatilgan; 1-dasta; 2-prujina; 3-tirak; 4-shtok; 5-asos; 6-uchlik; 7-vint; 8-gayka; 9-konussimon shesternyalar; v- tuproq qattiqligini o'lchab xosil qilingan diagrammalar: A-tsilindrik uchlik; B- konussimon uchlik. Tuproqning qattiqligi konussimon, silindrik yoki sharsimon uchlik o'rnatilgan sterjenning vertikal botishiga ko'rsatadigan qarshiligi bilan aniqlanadi. Tuproqning qattiqligi uning mexanik xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichdir. Qattiqligini o'lchaydigan asbob —qattiqlik o'lchagich (1-rasm, a va b) quyidagicha ishlaydi. Dasta 1 ni bosganda bosim kuchi prujina 2, tirak 3, shtok 4 va uchlik orqali tuproqqa uzatiladi. Prujinaning siljish kuchi tuproq qarshiligidan oshganda uchlik tuproqqa bota boshlaydi, shunda qog'oz lentaga diagramma chiziladi. 1- rasm, v dagi diagrammalar silindrik uchlik (a) va konussimon uchlik (b) o'rnatib xosil qilingan. Standartga ko'ra konussimon uchliklarning ikki xili ishlatiladi. Biri asosining yuzi 1 sm 2 hamda cho'qqisidagi burchak 22°30' (qattiq tuproqda) va ikkinchisi asosining yuzi 2 sm 2 , cho'qqisidagi burchak 30° (yumshoq tuproqda). Diagrammadagi os uchastka tuproq qattiqligi prujina 2 ning siqilish kuchiga proportsional oshib borganligini bildiradi. Shuning uchun s nuqtada tuproqning qattiqligi quyidagicha aniqlanadi:
Р = ky/S (2.4) bunda k — prujinaning bikrligi (kalibri), tarirovka yo'li bilan topiladi, N/mm; u— s nuqta ordinatasi, mm. Ordinata o'qiga tuproqning qarshilik kuchi Ru = ky ni qo'yish xam mumkin. Uchlik 6 ni tuproqqa l 1 dan keyin yana botirish davom ettirilganda tuproq qarshiligi o'zgarmaydi, faqat xaydalma qatlam ostiga
etganda qarshilik yana oshadi.
Diagrammalardagi s — proportsionallik chegarasi; e — og'ish chegarasi. Qattiklik; o'lchagich yasagan diagramma bo'yicha tuproqning standart (o'rtacha) qattiqligi quyidagicha topiladi:
bunda h — diagrammaning o'rtacha ordinatasi, mm; 5 — uchlikning yuzi, mm 2 . Diagrammaning o'rtacha ordinatasi h egri chiziq ocd bilan cheklangan yuzani planimetr bilan o'lchab, l2 ga bo'lib, aniqlanadi. Tuproqning uchlik ostida ezilishini ifodalash uchun xajmiy siqish koeffitsienta q 0 (N/sm 3 ) quyidagicha xisoblanadi: q 0 = ky/Sl 1
bunda l 1 — uchlikning proportsionallik chegarasigacha tuproqqa botishi. Chigit ekishga tayyorlangan o'rtacha og'ir qumoq tuproq uchun 5...15 sm chuqurlikda R = 0,2...1,1 MPa, shudgorda tuproqning xajmiy siqish koeffitsienti q0 — 5 ... 8 N sm3.
reaktiv (passiv) kuch bo'lib, tayanch sirtda yotuvchi jismni siljitishga intiluvchi aktiv tashqi kuch ta'sir etganda paydo bo'ladi. Tashqi ishqalanish kuchi F o’zini hosil qilgan tashki aktiv kuchga teng va uning chekka qiymati fN dan oshib keta olmaydi. Bunda f- ishqalanish koeffitsienti, N — normal kuch. Demak, ishqalanish kuchi F =fN =Ntg υ,
(2.7) bunda υ — tashqi ishqalanish burchagi. Sochiluvchan tuproq zarralarining o’zaro (ichki) ishqalanish koeffitsienti f 0 ni tuproqning tabiiy nishablik burchagi υ 0 bilan ifodalash mumkin: tg φ 0 =f 0
(2.8) Paxtachilik zonasida tuproqning po'latga ishqalanish koeffitsienti f = 0,6 ... 0,7, ichki ishqalanish koeffitsienti f 0 = 0,8 ... 1.5. Bu qiymatlar uchun tuproq namligi 14 ... 19%. Ishqalanishning ijobiy xususiyati shundaki, u mashina g'ildiraklarining tuproq bilan tishlashish kuchini oshiradi, etakchi g'ildrakning shataksirashini kamaytiradi, energiya kam nobud bo'ladi. Ishqalanishning salbiy xususiyati shundaki, u tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning qarshiligini oshirib, energiyaning ortiqcha sarflanishiga sabab bo'ladi, ishkalanuvchi sirtlarning jilvirlanib eyilishini tezlashtiradi. Tuproqning mustaxkamlik xususiyatlari (deformatsiyalarga qarshiligi) tuproqning turiga, namligiga, shuningdek o’simlik ildizlarining bor-yuqligiga ancha bog'liq. Tuproqning mustaxkamligi uning cho'zilishga muvaqqat qarshiligi σ ch - 0,5 kPa, siljishga qarshiligi τ= 1 kPa va siqilishga qarshiligi σ s = 10 kPa bilan belgilanadi. Bu qiymatlar namligi 20 % li qora tuproqlar uchun olingan. Yer xaydashda tuproqning solishtirma qarshiligi tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, zichlik darajasi, chim qatlami, namligi va boshqalarga bog'liq bo'lib, ishlov berishning og'ir engilligini aniqlashda qo'llaniladi. Tuproqning solishtirma qarshiligi quyidagicha topiladi:
(2.9) bunda P— plugning dinamometr yordamida o’lchangan umumiy qarshiligi, N; a — shudgorlash chuqurligi, m; b— korpusning qamrash kengligi, m; p — plugdagi korpuslar soni. Solishtirma qarshiligi 30 kPa gacha bo'lgan tuproq engil, 30 ... 50 kPa — o'rtacha, 50 ... 70 kPa — o'rtacha ogir, 70 ... 120 kPa —og'ir va 120 kPa dan katta bo'lganda juda og'ir tuproq deyiladi. Tuproqning yopishqoqligi. Nam tuproqning o’zaro va ish organlarining sirtiga yopishishi uning yopishqoqligi deyiladi. Yopishqoqlik tuproqqa yopishgan sirtni ajratishga zarur bo'lgan kuch miqdori bilan ifodalanadi. Tuproq ayniqsa og'ir, nam ish organlarining sirti notekis bo'lganda ko'proq yopishadi. Bu holda ishlov berilayotgan tuproq ish organiga emas, balki yopishgan tuproqqa ishqalanadi, qarshilik oshadi, ish sifati pasayadi. Shuning uchun ish organlari sirtini doim toza saqlash kerak.
qattiq zarralarning o'tkir qirralari bilan metall qatlamini tirnash, qirqish, sidirish xususiyati tushuniladi.
Tuproqqa mexanik ishlov berishda bajariladigan ishlar va jarayonlar. Tuproqqa mexanik ishlov berishda quyidagi: ag'darish, uvalash (yumshatish), qirqish, aralashtirish, zichlash, yuza tekislash, begona o't ildizini qirqib, sug'orish, marza va egat olish ishlari bajariladi. Ag'darish — tuproqning sirtki va quyi qatlamlari o'rnini almashtirish. Bu ish shudgorlash jarayonida sodir bo'lib, tuproqning sirtki chimli qatlami egat tubiga ag'darib yotqiziladi. Shunda o'simlik qoldiqlari, er haydash oldidan sepilgan organik va mineral o’g'itlar ham ko'miladi.
bo'lakchalarga ajratish. Bunda tuproq bo'lakchalarining orasi kattalashib, uning zichligi kamayadi. Tuproqni yumshatish darajasi uning ishlov berishdan avvalgi va keyingi zichliklari nisbati bilan aniqlanadi. Uvalash jarayonida tuproqning 1mm, ayniqsa 0,25 mm dan mayda bo'lishi, ya'ni chang holiga kelishiga yo'l qo'yilmaydi. Changsimon tuproq massasining namuna massasiga nisbati tuproqning chang holatga aylanish darajasini ko'rsatadi. Qirqish — ishlov berilayotgan tuproq qatlamini erdan ajratish qirqishning vertikal va gorizontal turlari bo'ladi. Aralashtirish — ishlov berilayotgan tuproq bo'lakchalari, o'g'it va xokazolarni aralashtirib, ularni bir jinsli qilish, tekis taqsimlash. Zichlash (mola bostirish)—chigit va don ekish oldidan shudgorning 5 ... 10 sm li yuza qatlamini zichlash. Mayda urug'larning bir xil chuqurlikda tekis ekilishi, keyinchalik yomg'ir va sug'orish natijasida tuproq chukib, nixollar ildizining uzilmasligi uchun u ekin ekish oldidan zichlanadi. Ekilgan donlarning tuproq bilan yaxshi kontaktda bo'lishi, ularni kapillyar nam bilan ta'minlash uchun tuproq ekin ekilgandan keyin ham zichlanishi mumkin. Quruq cho'l zonasida tuproqning ustki qatlamini shamoldan saqlash va namni yo'qotmaslik uchun tuproqning ustki qatlami zichlanadi.
iborat. Shunda namning bug'lanishi kamayadi, urug' bir xil chuqurlikda ekiladi, sug'orish paytida suv egatlardan tekis taraladi.
mexanik usulda qirqish, sug'orish va tarashlash yo'li bilan yo'qotiladi. Marza, jo'yak, egat olish ishlari ekinlarni sug'orish, yaxob berish va sho'r yuvishda bajariladi. Texnologik jarayon. Qurollarning ish organlari yagona texnologik jarayonni tashkil etuvchi bir nechta ishlarni bir o'tishda bajaradi. Masalan, er xaydashda tuproq palaxsasi egat tubi va devoridan qirqib ajratiladi, ag'dariladi, yumshatiladi va aralashtiriladi. Paxta dalalarini ekishga tayyorlashda quyidagi texnologik jarayonlar bajariladi: er haydash, chuqur yumshatish, sidirg'a kultivatsiya qilish, boronalash, frezalash, yuza tekislash, mola bostirish. Bir necha texnologik jarayon yoki ish er ishlash sistemasini tashkil etadi. Ikki xil ishlov berish sistemasi bor. Asosiy ishlov berish sistemasi oddiy va maxsus pluglar yordamida tuproq palaxsalarini ag'darib va ag'darmay xaydashdan, yordamchi ishlov berish sistemasi esa dalalarni ekin ekishga tayyorlash (boronalash, chizellash, frezalash, tekislash-molalash) va ekishdan keyin ishlov berish (o'simliklarni parvarish qilishdan iborat. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling