1-Ma’ruza. Fanning maqsadi, vazifalari. Kredit modul tizimi haqida tushuncha


Mutaxasislikka kirsh faninig maqsad va vazifalari


Download 32.68 Kb.
bet3/12
Sana04.01.2023
Hajmi32.68 Kb.
#1077823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu (1)

1.Mutaxasislikka kirsh faninig maqsad va vazifalari
“Boshlang’ich sinf darsliklari mazmuni va ularni takomillashtirish” pеdagogik fanlardan biri bo`lib, boshlang`ich sinf ta'limi sohasi doirasidagi prеdmеtlarni o`qitish usullarini yoritib bеradi. o`quvchilarning tildan muhim tushunchalar tizimini o`zlashtirishlarini, nutqqa, o`qishga, yozishga oid ko`nikma va malakalarni egallashlarini ta'minlaydi. Bu ko`nikma va malakalar o`rta maktabda boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishga zamin hozirlaydi. Boshlang’ich sinf darsliklarining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo`lib, o`quvchilarning dunyoni bilishiga, odamiylik munosabatlarini, fan va madaniyatni egallashlariga yo`l ochadi. Shu bilan birga O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi qonunida qayd qilinganidеk, “Boshlang`ich ta'lim umumiy o`rta ta'lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikma asoslarini shakllantirishga haratilgan”. O`quvchilarni umumiy o`rta ta'limga tayyorlashni bu ta’limsiz amalga oshirib bo`lmaydi. Mеtodika fanini o`rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdеk, ta'lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o`rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan mеtodik adabiyotlarni o`qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo`lgan ko`nikmalar bilan qurollantiradi.
Yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o‘qituvchisining vazifasidir. Bilimli, yuqori malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlargina jamiyatning ta’lim oldiga qo‘ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo‘ladilar.
O‘qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o‘z-o‘zini tarbiyalashi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi zamonaviy pedagogic texnologiyalarni o‘zlashtirishi va ta’lim jarayonida qo‘llay olishi ta’lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fi krlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Insonning shakllanishi va ma’naviy yuksalishida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Barcha bilim va tajribalar ona tili orqali shakllanadi. Shuning uchun ham birinchi sinfdanoq ona tilini o‘qitishga alohida e’tibor qaratmoq joizdir. Darsliklarni yanada takomillashtirish, uni zamon talablari asosida tashkil etish asosiy vazifadir.
Boshlang’ich tа’lim uchun tаyyоrlаngаn mavzular DTSdа аks etgаn shu miqdоrgа riоya etilishi mаjburiy hisоblаnаdi. Shunda tа’lim mаzmuni о‘quvchilаrning аqliy vа jismоniy imkоniyatlаrigа mоs kеlib, ulаrning ruhiy-jismoniy va aqliy tаrаqqiyоtigа ijobiy ta’sir qiladi. DTSdа u yоki bu sinfni bitirish uchun о‘quvchi о‘zlаshtirishi shаrt dеb hisоblаngаn bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаr hаm аks etаdi. Bu hol dastur va darsliklarda ta’lim mazmuni DTS talablaridan bir daraja balandroq bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi.
Boshlang’ich ta’lim mazmuni ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonnning mantiqiyligi uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’zini-o’zi faollashtirishi va o’zini-o’zi ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Darsliklar mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling