1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi
Download 21.64 Kb.
|
1-лекция
Antik davr fizikasi.
Xozirgi fanning paydo bo’lishi Kadimgi Gretsiya bilan bog’langan. Kadimgi Sharqning fanning rivojlanishida ulkan xizmatlariga qaramay hozirgi fanning asl vatani Gretsiya xisoblanadi, chunki Sharqda ilm o’rganishda “Shunday bo’ladi” degan tushuncha, “Shunday ekan” deb qabul qilinsa, greklarda uning isbotini talab qilishgan, nega shundayligi so’ralgan. Hozirgi zamon fizika fanining vatani Gretsiya ekanligi fizik terminlarning jaxon buyicha saqlanib qolingani buning dalilidir. 1. Fanlarning nomlari: matematika, mexanika, fizika, biologiya, geografiya va boshkalar. 2. Grek tilidan olingan ilmiy terminlar: massa, atom, elektron, izotop va boshkalar. 3. Formulalarning grek alfavitida ishlatilishi. 4. Grek olimlarining ilmiy adabiyotlarda kupincha uchrab turishi. 1) Fales (640 - 594), Demokrit (463-370), Pifagor; 2) Geraklit (530-470), Aristotel` (384-322); 3) Platon ( 429- 348), Arximed (287-212), Geron (150-100), Ptolemey (87-165) va boshqalar eramizdan oldingi davrda yashab o’tganlar. 5. Kadimgi gretsiyada inson ongi birinchi o’z kuchini anglatadi, va fanni jamiyat tarakkiyoti rivojlanishiga qaratganlar. Birinchi olimlar filosoflar ya`ni “donolik ishkibozlari” deb atalganlar. Donolikni o’rganishga talab kuchaya bordi, bu esa olim va o’qituvchi kasbini vujudga keltirdi. O’sha paytdan ya`ni eramizdan oldingi davrda Platon akademiyasi, Aristotel` litseyi tashkil etilgan edi. Bu tashkil etilgan o’quv maskanlari, tor soxa kasb egalari, injenerlar, vrachlar, astronomlar, matematiklar, fiziklar, geograflar va boshka kasb soxa kishilarini shakllantirishda muxim omil bulib xizmat kiladi. Eramizdan oldingi U-UI asrlardagi olimlar asosan natura -falsafiy qarashga ega edilar, ularning mushoxadasi fanni falsafiy tushuntirar edilar. Qadimgi grek olimlarining natura falsafiy qarashlaridan biri ular olamni yagona kartinasini tuzishga xarakat kilishdi, shu sababli xam birinchi materiya haqida tushuncha paydo buldi, materiya va xarakatning yo’qolmasligi haqidagi ilk tushunchalar paydo bo’la boshladi. Demak, birinchi marta atom to’g’risida tushunchalar paydo bo’la boshladi. Masalan: Demokritning atom tuzilishi to’g’risidagi falsafiy dunyoqarashi quyidagilar edi: 1. Xech narsadan, xech narsa paydo bulmaydi, paydo bo’ladigan narsalar parchalanish va birikishdan iboratdir. 2. Tasodifan biror narsa paydo bo’lmaydi, paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. 3. Sof bo’shlik va atomdan boshqa narsa yo’q. 4. Atom bepoyondir va turlicha shakldadir. 5. Moddalar bir- biridan atomlar soni bilan farq qiladi. Aristotel` eramizdan oldingi 384-322 yillari Gretsiyaning shimolidagi Stager shaxrida Makedoniya shoxi saroyining vrachi oilasida tug’ilgan. 18 yoshida Afinaga kelib Platon akademiyasida o’qigan. U Platon akademiyasining “aqli” degan nom olgan. 335 yili akademiya koshida likey (litsey) maktab ochgan. Aristotel` akademiyada Ploton bilan yigirma yilcha birga ishladi, Ploton vafotidan so`ng Aristotel` 343 –339 yillar Makedoniya poytaxti Pelli shaxrida yashadi va Makedoniya shoxi Filippning o`g’li Aleksandr Makedonskiyga dars berdi. Aristotel`ni fanni tushuntirishda idialistik qarash tarafdori deb tushuniladi, aslida unday emas. Aristotel` modda va maydonning mavjudligini tan oladi. U materiyaning tuzilishida murakkab bo`lishiga qarab o`rganishni tan oladi. Biz Aristotel` fizikaida hozirgi zamon fizikasidek , matematik va fizik formulalarni ko`rmasakda, lekin uning tabiat to`g’risidagi tushunchasi mantiqqa asoslanganligini ko`ramiz. Aristotel` fizikasini o`rganish 4 narsaga asoslangan: 1 – materiya, 2- forma, 3- hosil bo`lish, 4- xulosa. U 30 yil davomida akademiya va litseyda lektsiya o’qidi, uning lektsiyalari asosan 4 ta yunalishda edi: 1. “Fizika”. 2. “Osmon haqida”. 3. Paydo bo’lish va yo’qolish haqida. 4. “Materiomantiq”. Aristotel` fazoviy jismlar qo’zg’almas er atrofida aylanma xarakat qiladi deb tushuntiradi. er ustidagi jismlarning xarakati ikki jism ta`sirida vujudga keladi deb tushuntiradi. Aristotel` fikricha barcha jismlar bo’shlikda bir xil tezlik bilan tushadi deb tushuntirgan. Bunga sabab jismlarning bo’shlikdan qo’rqishidir deb izoh bergan. Aristotel` o’zining tabiat qonunlariga qarashi bilan fizika fanining otasi deb tan olingan. Arximed (287-212) eramizdan oldin Sitsiliya orolidagi Sirakuza shaxrida astronom Fidiya oilasida tug’ilgan. U Aleksandriyada o’qib Sitsiliyaga matematikani yaxshi o’rgangan olim sifatida qaytadi. Uning asosiy ilmiy ishlari “Statika” elementlarini ifoda etadi. U faqatgina olim bo’lmay, injenerlik soxasida xam ko’p ixtirolar qilgan. Ekin sug’oradigan uskunalar, vintlar ixtiro etgan. Jismlarning suzishi va nixoyat Arximed qonuni. U o’zining Sitsiliya orolini rimliklardan mudofa etishda qatnashadi va tosh otar sopkonlar va richaglardan foydalanishni maslahat beradi. 212 yilda rim askarining qo’li bilan o’ldiriladi. Kuyosh atrofida erning aylanishini birinchi bo’lib Arximed aytgan. Uning fizika fanini rivojlantirishdagi xissasi quyidagilardir: Tekis figuralarning muvozanatlik shartlari. Kuch momenti, kuchning elkaga nisbatan teskari proportsionalligi. Og’irlik va uzunlik to`grisidagi tushuncha, erning tortishish kuchini enguvchi kuch haqida. Suyuqlik tomchisining sharsimon bo`lishiga sabab erning tortish kuchi ekanligi haqida. Gaz va suyuqliklar uchun Arximed qonuni, Arximed kuchi, jismlarning suyuqliklarda suzishi Arximed kuchiga asoslanganligi. Optika va astronomiya bilan shug’ullanib, quyosh nurining bir nuqtaga yiqqanligi va uning harbiy ishlarda foydalanganligi, turli muhitlardan o`tgan yorug’lik nurining sinishi va yo’nalishini o`zgarishi. Olam tuzilishi to`g’risida fan tarixida Arximed ikki sistema, geomarkaz va geliomarkaz tushunchasini kiritdi. XULOSA: Antik davr fanining xarakteri shundan iboratki, kadimgi grek olimlari birinchi marta moddalar atomlardan tuzilganligini aytishgan, barcha jismlar fazoviy jismlardan iboratligini isbot qilishgan. Tabiat qonunlarini o’rganishda ularning o’zaro bog’liqlik qonuniyatlarini ochishga xarakat qilishgan. Dunyoning yagona fizik xaritasini yaratishga asos solishgan. Download 21.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling