1-ma’ruza: Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish. Reja
Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz
Download 28.04 Kb.
|
1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat te-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asboblar palitrasi tavsifi.
Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz:
Marker – qizil rang bilan ajratilgan to‘g‘ri burchak bo‘lib, ishchi sohada tasvirlangan joriy kadrni bildiradi. To‘g‘ri burchakli tur yacheykalari (kadrlar shkalasi) – kadrlarni bildiradi. Yacheykalarning birortasi bosilsa, marker avtomatik tarzda o‘sha yacheykaga ko‘chadi va ishchi sohada o‘sha kadr tasvirlanadi. Qatlamlar – kadrlar chizg‘ichidan chapda qatlamlar joylashgan. Ular ostida qatlamni qo‘shish yoki olib tashlash imkonini beruvchi tugmalar joylashgan. Har bir qatlamni ko‘rinmas qilish yoki tahrirlashni man qilish ham mumkin. Kadrlar shkalasi – oddiy va kalit kadrlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin bo‘lgan maydon. Agar siz birorta kadrda sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, kontekst menyu chiqadi. Unda siz amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan harakatlar ro‘yxati chiqadi. Kadrlar shkalasida quyidagi axborotlar tasvirlangan: -Kalit kadrlar qora aylanachalar bilan belgilangan; -Harakatlar bilan bog‘liq kadrlarda aylanachalar ustida «a» harfi qo‘yilgan; -Belgilangan kadrlarda qizil bayroqcha va belgi nomi qo‘yilgan. Rang kadr tipi haqida bildiradi. Kalit kadrlarni (KEYFRAME) takrorlovchi kadr kul rang rangiga bo‘yalgan. Binafsha rang yoki yashil rangli kadrlar Flashda qayta ishlangan kadrlardir. Oq rangli kadrlar bo‘sh kadrlardir. Asboblar palitrasi tavsifi. Arrow Tool – ko‘rsatkich asbob. Saxna ob`ektlarini tanlash uchun mo‘ljallangan. Subseletion Tool – egri chiziqlarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, egri chiziqlarga yangi uzellar qo‘shish va mavjud uzellarni tahrirlash imkoniyatini beradi. Line Tool – to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Lasso Tool – murakkab ob`ektlarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Ikkita ishlash muhitiga ega-sexrli tayokcha (rangi o‘xshash sohalarni belgilash) va poligonal belgilash. Bu ishlash muhitlarini asboblar palitrasining option bo‘limidan tanlash mumkin. Pen Tool – egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Text Tool – matn yozuvlarini yaratish uchun mo‘ljallangan. Oval Tool – aylana va ellipslarni chizish uchun mo‘ljallangan. Rectangle Tool – to‘g‘ri burchaklarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar palitrasining option bo‘limida to‘g‘ri burchakning burchaklari darajasini tanlash mumkin. Pencil Tool – ixtiyoriy turdagi egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar palitrasining option bo‘limida egri chiziqlarning silliqlikdarajasini tanlash mumkin. Brush Tool – egri chiziqlarni maxsus shaklli mo‘yqalam bilan chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar palitrasining option bo‘limida mo‘yqalamning shakli va o‘lchamini tanlash mumkin. Free Transform Tool – ob`ektlarni transformatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. (geometrik o‘lchamlarni o‘zgartirish, aylantirish, siljitish) Fill Transform Tool – gradientni transformatsiyalash. Ink Bottle Tool – ob`ektlar konturi parametlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Paint Bucket Tool – ob`ektlarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha bu asbob Color Mixer palitrasi bilan ishlatiladi. Eyedropper Tool – pipetka asbobi. Bo‘yash yoki kontur rangidan namuna olib, boshqa ob’yektga ishlatish uchun mo‘ljallangan. Eraser Tool – ob`ekt qismlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Hand Tool va Zoom Tool – ishchi sohaning joylashishini va masshtabini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Download 28.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling