1-ma’ruza ilgarilanma harakat kinematikasi


Moddiy nuqta. Absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt


Download 1.58 Mb.
bet4/11
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#206911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza

Moddiy nuqta. Absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt


Klassik mexanikada o’rganiladigan eng sodda ob’ekt moddiy nuqta hisoblanadi.

Moddiy nuqta deb, ma’lum massaga ega bo’lgan, o’lchami o’rganiladigan masofalarga nisbatan juda kichik bo’lgan jismga aytiladi.

Moddiy nuqta tushunchasi abstraktdir. Masalan, Yerning o’lchami Quyoshgacha bo’lgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgani uchun, Quyosh atrofidagi harakatida uni moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. Bunda Yerning butun massasi uning geometrik markazida mujassamlangan, deb hisoblanadi.

Jismlar biri-biri bilan o’zaro ta’sirlashganda ularning shakli va o’lchamlari o’zgarishi mumkin.

Har qanday sharoitda deformatsiyalanmaydigan jism absolyut qattiq jismdeb ataladi.

Qattiq jismning qismlari yoki ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdir. Qattiq jismlarning istalgan harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat.

Ilgarilanma harakatbu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi.

Aylanma harakat-bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat traektoriyalari aylanalardan iborat bo’lib, ularning markazi esa aylanish o’qi deb ataladigan to’g’ri chiziqda yotadi.

Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo’zg’almas deb qabul qilingan jismning holatiga nisbatan aniqlash kerak.

Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo’zg’almas jism bilan bog’langan koordinatalar tizimi fazoviy sanoq tizimi deb ataladi.


Displacement-Ko’chish




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling