1 ma’ruza. Internet va elektron pochta nima
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Internet o‘zi nima
1 - ma’ruza. INTERNET VA ELEKTRON POCHTA NIMA. Reja: 1. Internet o‘zi nima? 2. Internetning tarkibiy qisimlari va resurslari xaqida umumiy tushinchalar. 3. IP va URL adreslar tushinchasi. 4. Internetning informatsion va kommunikatsion funksiyalari. 5. Internet qanday ishlaydi? 1. Internet o‘zi nima? Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jaxon global kompyuter tarmoqidir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma’noni anglatadi. U lokal kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, uning mantiqiy tuzilmasi o‘zining aloxida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual birlashmani tashkil etadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterning o‘zaro axborot almashish imkoniyatini yaratib beradi. Bunda internetga ulangan kompyuterning turi va foydalanilayotgan o’eratsion tizim axamiyatga ega emas. o‘zining kompyuteri orqali Internetning xar bir abonenti boshqa shaxarga axborot uzatishi, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metro’oliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomilalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq abonentlari bilan shaxmat o‘ynashi mumkin. 15.1-rasm. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jaxon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muxitga biriktirish imkoniyati tuqildi. Internetning asosiy yacheykalari - lokal xisoblash tarmoqlaridir. Demakki, Internet aloxida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, kompyuterlar guruxiga birlashish uchun yo‘l ochadi. Agar biron-bir lokal tarmoq bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, u xolda mazkur tarmoqning xar bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, Internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni xost-kompyuterlar (host - xo‘jayin) deb ataladi. Tarmoqqa ulangan xar bir kompyuter o‘z adresiga ega va shu orqali jaxonning istalgan nuqtasidagi istalgan abonent uni to’a olishi mumkin. Internet va unga boglanishning umumiy shakli 15.1- rasmda keltirilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling