1-maruza. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni


Download 28.5 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi28.5 Kb.
#106476
Bog'liq
1 maruza


1-maruza. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING FANLAR

TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta’rifida eng asosiy

tushunchalar qaysilar?


~ Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya mustaqil fan sifatida turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlarini hamda inson hayot-faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o'rganadi. Qisqacha qilib esa ijtimoiy geografiyani jamiyat hayoti va faoliyatini hududiy tashkil etish to'g'risidagi fandeb atash mumkin.
2. Nima sababdan iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylandi?
~ "ishlab chiqarish kuchlari" eng avvalo uning subyekt, ya’ni egasi bo'lgan aholini ham o'z ichiga oladi. Lekin bu yerda aholi, asosan, ishchi kuchi mazmunida, ya'ni iqtisodiy kategoriya shaklida nazarda tutiladi. Inson, uning ijtimoiy hayoti, sotsial muhitdagi o'zaro munosabatlari esa bu ibora qamrovidan chetda qoladi. Busiz fan ilgaridek iqtisodiy, ishlab chiqarish geografiyasi bo'lib qolaveradi.
3. Tarix geografiya uchun qanday xizmat qiladi?
~ N.N.Baranskiy shunday degan: "Mamlakat va rayonlar iqtisodiy geografik ta'rifini shunday beringki, u oyog'i bilan yerga – geologiya, geomorfologiya va tuproqshunoslikka taqalib, tanasi bilan tarix orqali o'tishi, boshi bilan esa mafkuraga tayanishi kerak" . Ko'rinib turibdiki, tarixiylik iqtisodiy geografik ta'rif va tavsifning asosiy qismini tashkil etadi.

Tarixiy yondashuv o'tmishning barcha mayda-chuydasini emas, balki hozirgi

holatning yuzaga kelishida aynan qaysi tarixiy voqea va bosqichlar sabab bo'lganini aniqlashda xizmat qiladi.

4. Hududiylik tamoyilini tushuntirib bering.


~ Geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning hududiyligidir. Zero,

geografiyani hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ammo, shu bilan birga, hududga o'ziga xos borliq sifatida turlicha yondoshiladi. Masalan, muhandislik (yersozlik) hamda rayon planirovkasida ko'proq hududni tashkil etishga e'tibor beriladi. Bunda yer maydonining o’zi ma’lum maqsadlar uchun tayyorlanadi. Hududda undagi bor elementlar (yo'l,

daraxt. uy. kishilar. transport va hokazo) yakka-yakka yoki aksariyat holda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyektiga kiruvchi barcha predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari – ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari o'rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko'rinishiga ega. Sanoat markazlari va

aholi manzilgohlari nuqta yoki tugun; transport yo'llari, gidrografik shahobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko'zga tashalanadi va xuddi shu tarzda xaritada tasvirlanadi.


5. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tadqiqot metodlari qaysilar?
~ Bular kartografik, geografik taqqoslash, statistik,tarixiy, kuzatuv, modellashtirish, strategik va boshqalar.
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling