1-ma’ruza: kanallarni chastota bo‘yicha birlashtirish va ajratish


Download 0.59 Mb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1434240
  1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза,,

1-MA’RUZA: KANALLARNI CHASTOTA BO‘YICHA BIRLASHTIRISH VA AJRATISH

  • Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini qurish shuni ko‘rsatadiki, ushbu tizimlarning eng ko‘p mablag‘ sarflanishini talab qiladigan qismi aloqa liniyalaridir. Bular, kabelli, optik tolali, sotali mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa, radioreley liniyalari, troposfera aloqa liniyalari va boshqalar. Shuning uchun aloqa liniyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda ularning har biri orqali bir emas, bir nechta (yuzlab, minglab) xabarlarni bir vaqtning o‘zida uzatishni ta’minlash kerak.

Kanallarni chastota bo‘yicha birlashtirish va ajratish prinsipi

  • Kanallarni chastota bo‘yicha ajratishda turli xabar manbalarining ma’lumotlarini uzatish uchun ma’lum chastotalar nimdiapazonidan foydalaniladi. KChAga asoslangan ko‘p kanalli aloqa tizimlarining soddalashgan funksional sxemasi 1-rasmda keltirilgan.

Guruh signali, uning tarkibi va xarakteristikalari

Ko‘p kanalli aloqa tizimlari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanalli analog aloqa tizimlarini unifikatsiyalash maqsadida asos qilib standart telefon kanali – tonal chastota (TCh) kanali qabul qilingan bo‘lib, u 300÷3400 Hz kenglikdagi spektrga ega bo‘lgan xabarlarni uzatishni ta’minlaydi. Ko‘p kanalli raqamli aloqa kanallarida 64 kbit/sek tezlikda xabar uzatishga mo‘ljallangan kanallar qabul qilingan. Ko‘p kanalli analog aloqa 12 ga karrali kanallarni birlashtirish asosida shakllantiriladi. Raqamli ko‘p kanalli aloqa tizimlari qabul qilingan ierarxiya (bosqich) tartibiga qarab shakllantiriladi. Yevropa mamlakatlari ierarxiyasiga mos qilib birlamchi ko‘p kanalli raqamli uzatish tizimi IKM-30 qabul qilingan bo‘lib, u orqali signal guruhini uzatish tezligi 2048 kbit/s. Bizda yevropa ierarxiyasidan foydalaniladi.

O‘tish xalaqitlarini kamaytirish maqsadida chastotalar polosasi orasiga kHz ga teng himoya oralig‘i kiritiladi. Natijada bitta kanal 4 kHz ga teng bo‘lgan chastotalar polosasini egallaydi.

  •  

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling