1-ma’ruza. Kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Download 320.06 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi320.06 Kb.
#1755777
  1   2
Bog'liq
lecia-1


1-MA’RUZA. KIRISH. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
"Radioo‘lchov" fan sifatida o‘lchashlar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va ular yordamida har xil kattaliklarini o‘lchash, o‘lchash xatoliklari hamda ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan masalalarni o‘z doirasiga oladi. Shuningdek elektr signali va ularning parametrlari, tebranishlar davr tezligi, vaqt oraliqlari, fazalar orasidagi siljish, sinov signallrning generatorlari, signallar shaklining buzilishi hamda radiotexnik zanjirlar tasnifi va boshqalar to`g`risidagi ma’lumotlar beradi.
Radioo’lchov fanining asosiy vazifasi:
o‘lchash haqidagi tushuncha, ta’riflar, elektroradioo‘lchash usullari, xar xil parametrlar, kattaliklarni bilishi:
elektro radioo‘lchash vositalari, ularning ishlanish prinsiplari, xarakteristakalarini bilishi:
elektrik, magnit va h.k kattaliklar bo‘yicha tushinchlar hosil qilish, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan kattaliklarni qayd qilish (yozib olish) usullarini bilishi:
elektroradioo‘lchash vositalarini amalda qo‘llay bilishi:
o‘lchash natijalarini baholay bilishi.

Metrologiya

O‘lchash, usul va vositalarning birligini va talab qilingan aniqlikka erishish yo‘llarini ta’minlaydigan fan

O‘lchash

Maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattalik qiymatlarini tajriba yo‘li bilan toppish demakdir

O‘lchash vositasi

Normallashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobi. O‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi

O‘lchash xatoligi

O‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir

O‘lchovlar

Bir qiymatli, ko‘p qiymatli va o‘lchovlar to‘plamidan iborat bo‘ladi

 O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.

Download 320.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling