1-ma`ruza. Kirish. Asosiy tushunchalar va ta`riflar. Ma`ruza rejasi


Download 143.5 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2020
Hajmi143.5 Kb.
#143852
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу

Iskanjalarni aylanmaydigan, bir tekislikda aylanadigan, ikki, bir biriga perpendikulyar tekislikda aylanadigan qilib tayyorlaydilar.

Iskanjaning konstruktsiyasi bikr, tezkor va ishda qulay bo`lishi kerak. 8.2.Rasm da o`zi markazlovchi, ikki doimiy qarakatchan lablari 1 va almashinuvchi lablari 2 va 3 bo`lgan universal iskanja ko`rsatilgan. Bir uchida o`ng va bir uchida chap rezbasi bo`lgan vint buralganda iskanjaning lablari bir-biriga qarab qarakatga keladi yoki qrama- qarshi tomonga qarakatlanadi.

Rasmda ishlov beriladigan detallarning eng katta va eng kichik o`lchamlari ko`rsatilgan.

8.3.Rasm da universal aylanuvchi ikki tomonlama qarakatlanuvchi porshenli qavo yurituvchisи bo`lgan iskanja ko`rsatilgan. Iskanjaning qarakatsiz asosidagi teshikka pnevmotsilindr 11 o`rnatilgan.Unga esa ichi kovak aylanuvchi korpus 12 ga vintlar bilan maqkamlangan.Korpusga esa zolotnikli, navbatma-navbat qavoni pnevmatik tsilindrga yo`naltiradigan va chiqarib yuborish uchун xizmat qiladigan dasta maqkamlangan. Iskanjaning aylanuvchi tanasi 12-ning yuqorigi qismiga po`latdan yasalgan plita 5 maqkamlangan.Plitada va qarakatlanuvchan labi 1 da almashuvchan maxsus naladkalarni maqkamlash uchun bolt kallaklariga mo`ljallab T-simon ariqcha bor. Plita 5-нинг yuqorigi qismida sozlanadigan lab 4 maqkamlangan. Lab 3 ni ishlov beriladigan detallarning o`lchamiga qarab vint 4 bilan yurgizish mumkin yoki plitaning pazlarida o`rnini almashtirish mumkin.

Katta gabaritli detallarga ishlov berishda lab 3 echib olinadi.Iskanjaning almashinuvchi platkasigа qisib, detallarga ishlov berishda qisilgan qavo pnevmotsilindr 11 ning yuqorigi bo`shligiga yuborilaди va shtok 9 bilan porshen 10 ni pastga siljitadi. Bunda shtok 9-ning pazida joylashgan richag 2-ning katta elkasi pastga tushadi, qisqa elkasi esa qarakatlanuvchan labni unga siljitadi va detal lablar 1 va 3 bilan qisiladi. Dasta 7 ning aylanish paytida jumrakning zolotnigi siqilgan qavoni pnevmotsilindr 11-ning pastki bo`shligiga o`tkazib yuboradi. qisilgan qavo porshen 10-ga bosib uni shtok 9 bilan yuqoriga qarakatlantiradi, bunda richag 2-ning katta elkasi yuqoriga ko`tariladi, qisqa elkasi esa lab 1-ni chapga o`tkazadi va detal qisishdan ozod qilinadi. Bunday konstruktsiyali iskanjalarda pnevmotsilandrdagi qavo 0,39 MPa bo`lganda qisish kuchi 39200 N-ni tashkil qiladi. Iskanjaning yuqorigi qismi asosda gorizontal tekislikda 360 gradus aylanadi.

Universal ko`p o`rinli moslamalar va bo`luvchi qayta sozlanuvchan stollar.

Universal ko`p o`rinli moslamalar

Almashinuvchi naladkalarning universal moslamalarda ishlatilishi kichik seriyali va seriyali ishlaб chiqarishda frezalash dastgoqlarida qar xil tip va o`lchamdagi detallarni ishlashga imkon beradi.

8.4.Rasm da mos ravishda universal ko`p pnevmoyuritgichli moslama ko`p o`rinli va unga almashinuvchi kolodka ko`rsatilgan.Plita 13-da pnevmotsilindr 12 shtok 10-da o`rnatilgan porshen bilan montaj qilingan.Tirgak o`q 9 presslangan, unga esa aylanuvchan richag o`rnatilgan. Richagning pastki elkasi shtok 10 ning chuqurchasiga kiradi, yuqorigi elkasi esa barmoq 6 orqali o`q 7 bilan boqlangan.Barmoq 6 vtulka 5-da siljib qarakat qiladi.

Almashinuvchi naladka 3-ning19 skalkasi bor, unda almashinuvchi 18 lablar qarakat qiladilar va qarakatsiz lablar 1 va 20 maqkamlangan. Moslamaga almashinuvchi kolodkani o`rnatadi, qarakatsiz lablar 1 va 20 shtirga tayanadilar, lab 1 esa moslamaning plankasidagi to`rtburchak turtib chiqqan joyi bilan orientirlanadi.

Naladkani moslamada qisish uni pona ko`rinishidagi yo`naltiruvchi M qisib turadigan ikkita qisqich 15 bilan amalga oshiriladi. Qisilgan qavo tarmoqdan taqsimlovchi jumrak 16 ga keladi, uning dastasi 17 buralgandan keyin pnevmotsilindr p-ning yuqorigi bo`shliqiga kiradi va porshenni shtok 10 bilan pastga siljitadi. Richag 8 ning pastki elkasi shtok 10 bilan pastga tushadi, yuqorigi elkasi barmoq 6 orqali qarakatlanuvchan lab 18 ni skalka 19 bo`ylab lab 1 gacha siljitadi. Bunda lablar 18 orasida o`rnatilgan, ishlov beriladigan detal 2 qisiladi.

Detalga ishlov berilgandan keyin taqsimlovchi jumrak 16 ning 17 dastasi boshqa tomonga buraladi, siqilgan qavo pnevmotsilindr 12 ning pastki bo`shliqiga yuboriladi va porshen 11 ni shtok 10 bilan yuqoriga qarakatlantiradi. Bunda shtok richag 8 ni o`qda aylantiradi, yuqorigi elkasi barmoq 6 ni unga o`tkazadi va qarakatlanuvchan lablar 18 ga o`rnatilgan detallar 2 bo`shatiladi va olinadi. Detallarni balandligi bo`yicha to`qri o`rnatish uchun qarakatchan tayanch 4 xizmat qiladi.

Bo`lish kallaklari

Bo`lish kallaklari frezalash dastgoqlarida ishlov beriladigan katta bo`lmagan detallarni qisish, davriy ravishda burash yoki uzluksiz aylantirish uchun ishlatiladi. Bo`lish kallaklari asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: bo`lish qurilmasining aylanuvchi qismidan va aylanuvchi qismining qisish mexanizmidan.

VIII.5. Rasm da pnevmatik tsangali qisqichli universal bo`lish kallagi ko`rsatilgan. Ular shlitsalarni, ko`ndalang kesimi doiraviy va boshqa ko`rinishga ega bo`lgan detallarni, 6 qirralar va kvadratlarni frezalash uchun qo`llaniladi.

Bo`lish kallagi, o`rnatilgan pnevmotsilindri bilan tana 9, qopqoq 6, zichlovchisi bilan porshen 4 va radial tiralash podshipnik o`rnatilgan kovak shtok 7 dan tashkil topgan. qallakning qisish mexanizmi ichki konus bilan vtulka 3, shtok 7 ni vtulka 3 bilan biriktiradigan vintlar 5, tiralish gaykasi 2 va detalni qisish uchun sanga 1 ni o`z ichiga oladi. qisilgan qavo va shtutser 10 orqali taqsimlash klapani 11 ning kanali bo`ylab, tana 9 ga o`rnatilgan pnevmotsilindrning B bo`shliqiga uzatiladi va porshen 4 ni, shtok 7 va vtulka 3 bilan gayka siljitadi. Bunda vtulka tsanka 1 ning korpus yuzasi bo`ylab siljib uning barglarini qisadi va tsangada o`rnatilgan detal maqkamlanadi. Detalga ishlov berilgandan keyin siqilgan qavo klapan 11 ning boshqa shtutseri orqali tana 9 ga joylashgan pnevmotsilindrning G bo`shliqiga keladi, bir vaqtning o`zida B bo`shliqdan atmosferaga chiqib ketadi. qisilgan qavo bosimi ostida porshen, shtok va vtulka bilan qarakat qiladi, detal qisiladi. Vtulka tsanganing barglarigi bosimini to`xtatadi, ular esa elastik kuch ta'sirida tarqaladi va ishlov berilgan detal qisishdan ozod qilinadi.

Nazorat savollari.

1. Frezalash stanoklari moslamalarining tasnifini keltiring.

2. Frezalash stanoklari moslamalari surilishining ko`rinishi bo`yicha qaysi tiplarga

bo`linadi.

3. Mashina iskanjanchasi xarakteristikasini keltiring.

4. Mashina iskanjasi qaysi qismlardan tashkil topgan.

5. Universal ko`p o`rinli moslamalarning ishlatilish soqalari.

6. Almashinuvchi naladka nima.

7. Bo`lish kallagining ishlatilish soqasini keltiring.

8. Bo`lish kallagining asosiy qismlari nimalardan iborat.

9. Bo`lish kallagining ishlash printsiplari.

10. Bo`lish kallagida detal qanday qilib maqkamlanadi.



Tayanch iboratlar.

Frezlash dastgoqi, stol surilishi, almashinuvchi naladka, bo`lish kallagi, ko`p o`rinli moslama, mashina iskanjasi, tsanga.
Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling