1-Ma`ruza. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Mikroprotsessorlar(MP) va mikroexm avtomatika, xt, nazorat va boshqarish tizimlarida energetika va boshqa sohalarda bajaridigan asosiy vazifalari. Reja


Download 18.47 Kb.
bet3/3
Sana09.11.2021
Hajmi18.47 Kb.
#172586
1   2   3
Bog'liq
1-Maruza

Fanning vazifasi – talabalarga boshkarish tizimlarining asosini tashkil etuvchi elementlar, mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar va qurilmalarning ishlash printsipi, konstruktiv tuzilishlari, statik va dinamik xarakteristikalari, ularga qo’yilgan talablar asosida tanlash va sxematexnik tuzilishini, hamda dasturiy vositani ishlab chiqishni o’rgatishdan iborat.
2. Mikro-EHM ning shinalar sistemasi

EHM ning turli bloklarini birlashtirish uchun "shinalar strukturasi" dan foydalaniladi. SHina - ko’p tolali kabel. Mikro-EHM da uch xil: adres, ma’lumotlar va boshqarish shinalari mavjud.

Adres shinasi . Adres shinasidagi chiziqlar soni xotira adresidagi xonalar soni oilan aniqlanadi. Ko’pchilik mikro-EHM lar 16 eki 20 xonali adresga ega (KR580 - 16 xonali, KM181 OVM80 - 20 xonali).

Ma’lumotlar shinasi. CHiziqlar soni deyarlik doimo 8 xonali bo’lgan mikro-EHM suzi uzO’nligiga teng. SHunday qilib, ma’lumotlar shinasi sakkizta chiziqqa ega.

Boshqarish shinasi. Mikro - EHM turiga moe boshqarish chizig’ini o’z ichiga oladi. Turli bloklarni ishga tushiruvchi signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi.Mikro - EHM shinalari haqida so’z yuritganda ichki shinalar ko’zda tutiladi. Mikro - EHM punktir chiziq bilan ifodalanuvchi ichki shinalarning tarmoqlanuvchi strukturasiga ega.Berilgan blok signallarni qabul qilishi (eki uzatishi) strelkalar bilan ko’rsatilgan. Agar signallar ham qabul qilinsa, ham uzatilsa, bunday shinalar birlashmasi ikki yo’nalishli deyiladi.

1-eslatma. SHinali struktura mikro-EHMga to’g’ridan-to’g’ri yangi bloklarni ulash imkonini beradi. Buning axamiyati juda katta.

2-eslatma. Ma’lumotlar shinasi ikki yo’nalishlidir. Bu hol ma’lumotlar shinasi bilan DXQ orasidagi birlashmaga taalluqli emasligi taboiydir.

Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.

1) Sonning kodini o‘zgartirish;

2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;

3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;

4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;

Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.

Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:

xotira (siljitmaydigan) registr;

siljituvchi registr.

Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.

Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.



Mikroprosessorning arxitekturasini uning so‘z razryadi va mikroprosessorning ichki axborot shinalarini aniqlaydi. Dastlabki mikprotsessorlar 4 razryadli arxitekturaga ega bo‘lib, PEMPda 8 razryadli mikroprosessor qo‘llangan, hozirda esa arxitekturasi 16, 32, 64, 128 razryadli mikroprosessorlar qo‘llanmoqda. 4 va 8 razryadli mikroprosessorlarda komandalarni bajarish tartibi ketma-ket bo‘lib, unda bir operatsiya tugagandan so‘ng undan keyingi operatsiyani bajarish boshlanadi. Ayrim 16 razryadli arxitekturaga ega mikroprosessorlarda komandalarni bajarish paralel usulda amalga oshiriladi. U bir vaqtning o‘zida bir operatsiyani bajarish davomida keyingi operatsiyani qayta ishlab xotirada saqlash xususiyatiga ega.

Tashqi qurilmalar bilan aloqani osonlashtirish uchun tashqi axborot shinasi kichik razryadli, ichki axborot shinasi va axborot registrlari katta razryadli bo‘ladi. Masalan bir xil mikroprosessorlar 16 razryadli arxitekturaga ega, lekin 8 razryadli ichki axborot shinalaridan foydalaniladi. Bular maxsus modifikatsiyaga ega bo‘lgan 16 razryadli mikroprosessorlarda bo‘lib ular bir xil hisoblash kuvvatiga ega.
Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling