1-Ma`ruza. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Mikroprotsessorlar(MP) va mikroEXM avtomatika, XT, nazorat va boshqarish tizimlarida energetika va boshqa sohalarda bajaridigan asosiy vazifalari.
Reja
Kirish qismi va fan haqida qisqach ma`lumotlar.
Mikroprotsessorlar(MP) va mikroEXM avtomatika.
XT, nazorat va boshqarish tizimlarida energetika va boshqa sohalarda bajaridigan asosiy vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib,mikroprosessor,tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin.
Axborot boshqarish tizimlarining instrumental vositalari ixtisoslik fani hisoblanib 4,5 va 6 – semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va tabiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari) va umumkasbiy (axborotlarga ishlov berishni algoritmlash, muhandislik dasturlari, elektronika va sxemotehnika, kompyuter tizimlari va telekkommunikatsiyalar) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |