1-Ma’ruza: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til – eng muhim aloqa vositasi va ijtimoiy hodisa. Tillarning kelib chiqishi va o‘zaro munosabatlari


Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar


Download 1.36 Mb.
bet5/8
Sana23.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1287925
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar:
tovushga taqlid qilish farazi;
undovlar farazi;
mehnat chaqiriqlari farazi;
ijtimoiy kelishuv farazi.
Urug‘
qabila
qabilalar ittifoqi
Tillarning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari
Umuman, milliy tillarning paydo bo‘lishida 3 xil yo‘l alohida qayd etiladi.
Birinchisi milliy til paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan biror bir shevaga milliy til maqomini berish. Bunga hozirgi zamon fransuz tili yaxshi misol bo‘la oladi. Fransuz milliy tili asosida Parij va uning atrofida keng tarqalgan Il-de- Frans shevasi yotadi. 1539-yilda Fransisk I ning buyrug‘i bilan bu sheva Fransiyaning yagona davlat tili deb e’lon qilingan.
Ikkinchisi chatishuv orqali bo‘lib, bunga ingliz tilini misol keltirish mumkin. Ingliz tili o‘z rivojlanish tarixida asosan uch davrni boshidan o‘tkazgan:
Birinchi davr - qadim zamonlardan to XI asrgacha bo‘lgan davr. Bu davrda inglizllar, sakslar va yutlarning Britaniyani bosib olib, mahalliy kelt (hozirgi shotlandlar, irlandlar va uelslarning qadimiy ajdodlari) qabilalarini Britan yarim oroliga haydab, o‘zlari Britaniya oroliga hukmron bo‘lib olgan davrdir. Bu davrning IX-X asrlarida anglosakslar va daniyaliklar orasida urushlar bo‘lib o‘tadi va bu urushda daniyaliklar yengib, anglosakslarga qo‘shilib, chatishib ketadilar.
Ikkinchi davr XI-XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu vaqt ichida normandlar Britaniyani bosib olib, hukmronlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Ular fransuz tilida, anglosakslar german tilida gaplashardilar. Bu ikki til orasida uzoq vaqt kurash bo‘lib, oqibatda mahalliy til yengib chiqdi, lekin fransuz tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jumladan, ingliz tili tarixida sodir bo‘lgan «unlilarning buyuk siljishi» fransuz tili superstrati bilan tushuntiriladi.
Uchinchi davr XVI asrning oxiri, Shekspir ijodining boshlanishi bilan bog‘langan. Bu anglosakson tili orasidagi chatishuv jarayoni tugab, milliy tilning barpo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi yo‘l, ya’ni shevalarning mujassamlashuvi orqali milliy tilning hosil bo‘lishiga rus milliy tilining shakllanishini misol qilib keltirish mumkin. XVI-XVII asrda Moskva davlatining paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda Moskva dialekti asosida rus milliy tili shakllana boshlaydi. Ma’lumki, Moskva o‘sha vaqtda shimol va janub dialektlarining tutashadigan markazi edi.
Milliy tillarning shakllanishida badiiy so‘z ustalari, yozuvchi va shoirlarning ham hissasi juda kata bo‘ladi. Jumladan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida Alisher Navoiy, rus milliy tilining taraqqiyotida A.S. Pushkin, yangi gruzin tilining vujudga kelishida Shota Rustaveli, nemis tilining taraqqiyotida Martin Lyuter, ingliz tilining rivojlanishida Vilyam Shekspir va boshqalarning qo‘shgan hissalari beqiyosdir.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling