1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet22/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulot tayyorlash. O‘simlik ildizi belkurak,ketmon va boshqaasboblar bilan, plantatsiyalarda o‘stiriladiganlariniki esa traktor bilan kavlab olinadi. O‘q ildizining yog‘ochlangan qismi va mayda ildizlari qirqib tashlanadi, faqat yog‘ochlanmagan yumshoq qismi va yo‘g‘on yon ildizlar qoldiriladi. Plantatsiyalarda o‘stiriladigan o‘simlik 2-3 yoshga kirganidan so‘ng ildizi kavlab olinadi. Yig‘ilgan ildizlarni tuproqdan tozalab, so‘litiladi, so‘ngra pichoq bilan kul rang probka qismi qirib tashlanadi. Mahsulot quritgichlarda 400 dan ortiq bo‘lmagan haroratda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot silindrsimon,uchiga qarab biroz ingichkalangan, ustki tomoni oq yoki sarg‘ish-oq (arman gulxayriniki biroz kul rang tusli), uzunligi 35 sm gacha, diametri 0,5-1,5-2 sm li ildiz bo‘laklaridan iborat. Ildiz sertolali bo‘lganidan sindirilganida osonlik bilan darrov titilib ketadi. Mahsulotning o‘ziga xos hidi va shirin mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 8 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 0,5 %, yog‘ochlangan ildiz qismi 3%, probka qismidan yaxshi tozalanmagan ildizlar 3%, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5 % gacha bo‘lishi kerak; mayda bo‘laklarga qirqilgan mahsulotda 7 mm dan katta bo‘lakchalar 15 % dan, teshigining diametri 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismi 3% dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Gulxayri ildizi kukuni (poroshogi)ning tarkibida teshigining diametri 0,315 mm bo‘lgan elakdan o‘tmaydigan bo‘lakchalar miqdori 1 % dan oshmacligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Ildiz tarkibida11%gacha shilliq moddalar, 37 %kraxmal, 2 % gacha L-asparagin, 4 % betain, 10,2 % saxaroza va 1,7 % gacha moy, pektin va boshqa birikmalar bo‘ladi. Gulxayri ildizining shilliq moddalari pentozanlar, geksozanlar va uron kislotalar birikmalaridan tashkil topgan.
Ishlatilishi. Gulxayri ildizining preparatlari o‘rab oluvchi,balg‘amko‘chiruvchi hamda yallig‘lanishga qarshi (ayniqsa, bolalarning nafas yo‘llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Qaynatma,quruq ekstrakt,kukun(poroshok),sharbat. Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yo‘llari kasalliklarida ishlatiladigan turli yig‘malar (Species pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi (mahsulotdanshilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda erimasligi sababli qaynatmaga o‘tmaydi). Dorivor gulxayri o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan «mukaltin» nomli dorivor preparat olinadi. «Mukaltin» preparatini balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo‘llari va o‘pka yallig‘lanishi kasalliklarida ishlatiladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling