1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet57/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Ishlatilishi. Qalampir yalpiz bargi preparatlari,efir moyidantayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko‘ngil aynishiga va qayt qilishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og‘iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo‘llari kasalliklarida hamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati - validol, ko‘krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi.
Efir moyi va mentol oziq-ovqat hamda parfyumeriya sanoatida ham qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Bargidan damlama,efir moyidan yalpiz suvi,nastoyka tayyorlanadi; mentol migren qalami va validol (izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi mentolning 25-30 li eritmasi) tarkibiga kiradi.
Barg tinchlantiruvchi, o‘t xaydovchi, me’da kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar-choylar va qorin og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladigan tabletka va tomchilar tarkibiga kiradi.
Mentol ingofen tarkibiga kiradi. YAlpizning boshqa turlari tarkibida ham mentol bor. YAponiyada ekiladigan Mentha arvensis L. var. piperascens Hom.ning er ustki qismida0,05%efirmoyi, moyi tarkibida esa 43-90% mentol bo‘ladi.
MARMARAK (MAVRAK) BARGI - FOLIA SALVIAE
O‘simlikning nomi. Dorivor marmarak(mavrak)- Salvia officinalis L.;yasnotkadoshlar –Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 20-50 sm ga etadigan yarim buta. Poyasi ko‘p sonli, shoxlangan, serbarg, to‘rt qirrali, pastki qismi biroz yog‘ochlangan. Bargi oddiy, uzun bandli, poyaning eng yuqori qismidagilari bandsiz bo‘lib, poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari qisqa bandli, mayda, poya va shoxlarining yuqori qismida boshoqsimon doira shaklidagi soxta to‘pgul hosil qiladi. Guli qiyshiq gulkosachasi ikki labli, sertuk, gultojisi ikki labli, ko‘k binafsha rangda, otaligi ikkita, onalik tuguni to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi – 4 ta yong‘oqchadan tashkil topgan.
Iyun-iyul oylarida gullaydi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling