Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning barcha organlarida efir moyi bo‘ladi.Barg tarkibida 0,5-2,5 % efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa birikmalar bor.
XI DF ga ko‘ra mahsulot tarkibida efir moyining miqdori butun mahsulotda 1 %, qirqilgan mahsulotda esa 0,8 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi tarkibida 15 % gacha sineol, tuyon, pinen, borneol, kamfora, sedren va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Dorivor marmarak bargining preparatlariburishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida, og‘iz (stomatit va gingivit) va tomoqni chayqash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama.Marmarak bargi tomoq,ko‘krak,yuqorinafas yo‘llari yallig‘lanishi, me’da kasalliklarida va ich ketishiga qarshi ishlatiladigan yig‘malar - choylar hamda bronxoletin preparati tarkibiga kiradi.
Marmarak bargidan «Salvin» dorivor preparati olinadi. Uning suvdagi yoki natriy xloridning izotonik eritmasidagi 0,1 va 0,25 % li eritmalari og‘iz bo‘shlig‘idagi surunkali yallig‘lanish kasalliklari (gingivit, stomatit, parodontoz), yiringli, tropik va suyaklarning oqma yaralarini davolashda qo‘llaniladi.
EVKALIPT BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM EUCALURTI
O‘simlikning nomi. CHiviqsimon evkalipt– Eucalyptus viminalis Labill.;kulrang evkalipt- Eucalyptus cinerea F.et Mull. sharsimon(zangori)evkalipt - -Eucalyptus globulus Labill.; mirtadoshlar - Myrtaceaeoilasiga kiradi.
CHiviqsimon evkalipt 50m gacha balandlikdagi doim yashil daraxt.Poyapo‘stlog‘ining po‘kagi (probka qismi) silliq, oq rangli, deyarli butunlay ko‘chib tushib ketadi. YOsh barglari tor yoki keng lansetsimon, yaltiroq, och yoki to‘q yashil, uzunligi 5-10 sm, eni 1,5-3 sm bo‘lib, bandsiz (yoki poyani o‘rab oluvchi) poyada qarama-qarshi joylashadi. Qari barglari lansetsimon yoki o‘roqsimon biroz qayrilgan, uzunligi 11-18 sm bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan soyabonga to‘plangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |