Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi Mirtadoshlar


Download 215.52 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi215.52 Kb.
#1574442
Bog'liq
Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi


Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi
Mirtadoshlar oilasi ikki pallali oʻsimliklar oilasi. Bu guruhning taniqli aʼzolariga myrtle, pōhutukawa, dafna rom daraxtisyzygium aromaticumguava, akka (feyxoa), xushboʻy qalampir va evkalipt kiradi. Barglari doim yashil boʻlib, asosan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, odatda butun (yaʼni, tishsiz). Gullari beshta gulbargdan iborat, biroq bir necha turkumlarda gulbarglari kam yoki umuman yoʻq. Olimlarning farazlariga koʻra, mirtadoshlar oilasi 60-56 million yil oldin (Mya) paleosen davrida paydo boʻlgan. Polen fotoalbomlari qadimgi superkontinent Gondvanadan olingan[Bu oilaga 145 ta turkumga mansub 4000 taga yakin tur kiradi. Ular tropik va subtropik xududlarda, ayniqsa Janubiy Amerika bilan Avstraliyada keng tarqalgan. Oila vakillari doim yashil daraxt yoki bo`talardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ba`zan ketma-ket xam joylashgan Gullari ikki jinsli, aktinomorf, simoidsimon yoki botroidsimon to`pgullarda yoki yakka xolda joylashgan. Gulqurg`oni murakkab yoki oddiy. Mevasi rezavor yoki yong`oqcha, ba`zan danakcha. Bu oilachaga evkolipt (Eucalyptas), mirta (Myrta), qalampirmunchoq (Zyzygium) va feyxoa kabi turkumlarnig vakillari kiradi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mirtadoshlar 132 turkum 5950 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi[4][5]. Oila dunyoning tropik va moʻtadil iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. EvkaliptKorymbiyaAngophoraLeptospermum va Melaleuca kabi ko‘sakli mevalarga ega turkumlar Chili va Argentinada keng tarqalgan. Iste‘mol qilinadigan mevalari boʻlgan turlarning eng koʻpi Sharqiy Avstraliya va Maleziya (Avstralaziya hududi) va neotropikada o‘sadi. Eucalyptus regnans dunyodagi eng baland gullaydigan oʻsimlik hisoblanadi. Boshqa muhim avstraliyada o‘suvchi turkumlarga — Callistemon (shisha choʻtkalari), Syzygium va Melaleuca (qogʻoz poʻstlogʻi) kiradi. Osbornia turkumining turlarining vatani Avstraliya. EugeniaMyrcia va Calyptranthes neotropik mintaqada uchrovchi yirik turkumlar qatoriga kiradi.Syzygium samarangense, mevaning kesmasi Tarixiy jihatdan, mirtadoshlar ikki kichik oilaga boʻlingan. Mirtadoshlar kenja oilasi (taxminan 75 turkum) mevalari isteʼmol qilinadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, shakli butun. Mirtadoshlar butun dunyoda subtropik va tropik mintaqalarda, shimoli-sharqiy Avstraliya va Maleziyada opsadi.
211-guruh Valixonov Javohir

Download 215.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling