14-mavzu: Tropik va subtropik
Download 32,89 Kb.
|
portal.guldu.uz-Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
14-mavzu: Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari. Reja:
Kalit so’zlar: tropik iqlim zonasi, subtropik iqlim zonasi, surutus, nam tropik o‘rmonlar, qishda yashil o‘rmonlar, Magra o‘rmonlari yoki nam tropik butazorlar, savannalar-qishda yashil kserofill o‘rmonlar. Yerning quruqlik qismida o‘simliklar dunyosi o‘zi yashayotgan ekologik sharoitlarga moslashishi va shu moslashish genetik jixatdan o‘zining ma’lum shakliga ega bo‘ladi. O‘simliklar yer sharini hamma joyida iqlim har xil bo‘lganligi uchun tarqalishi xam har xil bo’ladi. Bunga bir qancha omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
Yer sharida o‘simliklar tarqalish xususiyatlariga ko’ra quyidagi zonalarga ajratiladi:
Subtropik zona yaxlit maydonni tashkil qilmaydi. U shimoliy va janubiy kenglikning 30-35° va 40-45o larida janubiy-sharqiy Xitoyda, Yaponiya orollarida, Shymoliy Amerikaning Kalyforniya va Janubiy Amerikaning Chili shtatlarida, O’rta dengiz atrofidagi mamlakatlar hududida, Shimoliy va Janubiy Afrikada, Avstraliyada uchraydi. Shuning uchun ham bu zonaning barcha maydonlari uchun o`simliklarning umumiy bir vakilini ko`rsatish mumkin emas. Subtropik zona o`simliklarining tarqalishiga va rivojlanishiga yil davomida temperaturaning o`zgarib turishi katta ta'sir ko`rsatadi. Subtropik zonaning sharqiy chegarasidagi quruqliklarda yog`ingarchilik issiq yoz faslida ham, sovuq qish faslida ham bo`lib turadi. Bu rayonlar nam subtropiklar (janubiy-sharqiy Xitoy, Yaponiya orollari, Janubiy Afrika, Florida yarim oroli, Qora dengiz qirg`og`idagi Batumi, Avstraliyaning sharqiy qismi) deyiladi. Subtropik zonaning g`arbiy qismida esa yog`ingarchilik, asosan, qish faslida bo`ladi. Bunday joylar O’rta yer dengiz iqlimiga ega bo`lgan subtropiklar (O’rta yer dengiz, Chili, Kaliforniya)dir. Subtropik zonaning markaziy qismida iqlim, kontinental bo`lib, temperatura qishda ham, yozda ham o`zgaruvchandir. Bunday joylar suruts subtropiklar deb ataladi. Bu yerdagi o`simliklar hayoti chala cho`l o`simliklarinikiga o`xshash. Download 32,89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling