14-mavzu: Tropik va subtropik


Download 32.89 Kb.
bet3/4
Sana20.09.2023
Hajmi32.89 Kb.
#1682474
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tropik va subtropik mintaqasi dorivor o‘simliklari.

Yozda bargini to‘kadigan qishda yashil o‘rmonlar - bular kontinental iqlimli joylardagi harakterli bo’lib, gox quruq, gox nam shamollar esib turadi. O‘rmonlari nam tropik o‘rmonlariga o‘xshasa xam ammo qurg‘oqchilik davrlarida barglarini to‘kadi. Bu yerda yog‘in miqdori 900-1500 mm gacha, yilning sovuq fasli bilan issiq fasli orasidagi haroratning farqi 8-140C. Bu yerlarda iyun-oktyabr oylari qurg‘oqchilik hisoblanadi va bu yerlarda daraxtlar bargini to’kadi.
Savannalar – bular xam tropik o‘rmonlar asosan Afrikada, Janubiy Amerikaning Venesuela, Gviana, Braziliya, Xindiston va Avstraliyada uchraydi. Yillik yog‘ingarchilik bu yerlarda 4-6 oy davom etadi. Masalan: Braziliya savannalarida yillik yog‘ingarchilik 1500 mm bo’lib, shundan qurg‘oqchilik davrida 100 mm atrofida yog‘in tushadi xolos. Yoki Afrika savannalarida 1000 mm tashkil etsa, qurg‘oqchilik davrida 10 mm yog‘in yog‘adi xolos. Natijada savanna o‘rmonlari bargini tukib tinim xolatiga o‘tadi. Ko’pchilik turlarining tanasi yo’g‘on suv to‘playdigan ya’ni yozgi qurg‘oqchilik sharoitiga qarshi kurasha oladigan turlarigina yashaydi xolos.
O’rta yer dengiz atrofidagi dag`al bargli subtropik o`rmonlar 2 ta janubiy va shimoliy kichik zonalarga bo`linadi. 1) Janubiy kichik zona Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bo`lib, u yam-yashil o`rmonlar bilan qoplangan. Tekisliklarda dasht o`simliklari yoki chala cho`l o`simliklari o`sadi. Tog’ yon bag`irlarida eman daraxti o`rmonlarini va undan yuqoriroqda esa kedr daraxti o`rmonlarini uchratish mumkin. 2) Shimoliy kichik zona, asosan, Kichik Osiyo va Yevropaning janubiy qismini o`z ichiga olib, doimiy yashil o`rmonlardan iborat. Bu kichik zonaning g`arbida emanning bir necha turi (po`kak eman, tosh eman) va Yevropa palmasi deb ataluvchi pakana palma daraxtlari, sharqda esa lavr va livan kedri mavjud. Hozirgi vaqtda bunday o`rmondarning maydoni qisqarib, ularning o`rnini butazarlar egallamoqda.
Bu yerlarda butalardan zemlyanika daraxti, fillirea (Phyllerea angustifolia), pista (Pistacia kntiscus), veresk (Erica arborea), mirta (Myrtus communis), ladannik, prutnyak (maryam daraxti) kabilarni misolk eltirish mumkin. O`rta yer dengiz atrofida past bo`yli (1 m gacha) gariga butazorlari makvis butazorlariga nisbatan keng tarqalgan. Ularni asosan, butasimon eman (Querciis coccifera), chabrets, rozmarin, dafne (Daphn gnidium), drok (Genista scoparia), pakana palma (chamaerops humilis) kabilar tashkil etadii Bunday butazorlar Janubiy Ispaniyada, Sitsiliya (Italiya)da, Jazoir va Marokkoda keng tarqalgan. Tomillyariya deb ataluvchi butazorlar hidli va sertuk o`simliklardan iborat. Tomillyariya-ispancha so`z bo`lib, chabrets (Thymus) o`simligi nomidan olingan. Bu xildagi butazorlar chabrets, lavanda, rozmarin kabi hidli butalardan tashkil topgan.
O’rta yer dengiz atrofi, San-Frantsisko, Los-Anjelos yerlarida subtropik o`rmonlardan tashqari chaparel butazorlar deb ataluvchi dag`al bargli butazorlar ham uchraydi. Ular makvis butazorlarga o`xshash bo`lib, butalarning bo`yi 2-3 m. Bunday butazorlar kseromorf bargli eman, toloknianka, adenostoma va kaktuslardan tashkil topgan.
Janubiy Amerikadagi subtropik o`rmonlar Chilining markaziy qismida joylashgan. Bu yerlarda yoz fasli yanvar- fevral oylarida bo`ladi. Bu davrda o`rtacha temperatura 17, 6° C, aksincha, yoz oylari (iyul - avgust), da qish fasli bo`lib, o`rtacha temperatura-11, 3°C. Yillik yog`ingarchilik 490-766 mm. Janub tomon borgan sari 46-47° janubiy kenglikda yog`ingarchilik miqdori ortib 2600-3000 mm ni tashkil etadi. Janubiy Amerikadagi subtropik o`rmonlar Braziliya tog`lari atrofida uchraydi va shimoliy chegaralarida tropik tog’ o`rmonlari yoki kaatinga tipidagi siyrak o`rmonlar, ilan almashinadi.

Download 32.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling