Blits-savollari


Download 20.55 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi20.55 Kb.
#103035
Bog'liq
Blits (2)


Blits-savollari”

1.Italiya so’zining ma’nosi nima?

2. Apennin yarim oroli qachondan Italiya deb ataladigan bo’ldi?

3. Italiyaning qadimgi aholisi haqida nimalarni bilasiz?

4. Italiyaning tabiati qadimda qanday bo’lgan?

5. Italiya hududida ilk sivilizatsiya qachon paydo bo’lgan?



Blits savollariga javoblar

1. Italiya (yunoncha “buzoqlar  mamlakati”)  deb  dastlab  o’zining      
sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan.

2. Apennin yarimoroli mil. Avv. I asrdan boshlab Italiya deb ataladigan bo’ldi.

3. Er. Avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu oika Rimda Tsizlal’p galliyasi deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o‘ng qirg‘og‘i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o‘z ichiga oladi. Italiyani o‘zi Apenin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G'arbiy qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra muhim rol o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik tashkil etadi. Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari bo'lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi. Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog'lari bilan o‘rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo‘ladi. Italiyani sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yowoyi sabin tog‘lari cho'zilib ketadi. Undan so‘ng Samnit tepaliklariga yetadi. Janubiy Italiyaning g'arbiy qismida samnitlarga qarindosh togii qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, buyuk Yunoniston deb atalgan. Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq fmikiyaliklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o'stirilgan. Italiyaga xurmo va anomi karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko‘proq. Ayniqsa, Po vodiysi, Kampaniya, viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.
4. Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha «buzoqlar mamlakati») deb dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum boigan Apenin yarim oroli janubi aytilgan. Apenin yarim oroli O’rta yer dengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo‘lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlar o‘rab, uni O’rtayer dengizining barcha mamlakatlari bilan bog'lagan edi. Er avI ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apenin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Messin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, polba ekilgan, bog‘dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlaiga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani 3 qismga bo'lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apenin tog‘lari janubiy sharqqa cho‘zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi 0‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan.
5. Qadimgi  Rim  sivilizatsiyasining  yuragiga  aylangan  Appenin 
yarimoroli  hududida  etnik,  til  va  madaiy  jihatdan  turli-tuman  xalqlar 
yashagan.  Uning  qadimgi  aholisi:  Italiyada  liqurlar,  Sitsiliya  orolida  – 
sikanlar, Korsika orolida – korslar, Sardiniyada – sardlar bo’lgan. M.a. 
II  m.y.  oxirlaridan  Dunay  havzasi  va  Kichik  Osiyoning  g’arbiy 
hududlaridan yarimorolga turli qabilalar kirib kela boshlagan, ularning 
orasida  eng  ko’p  sonlisi  indoevropalik  italiylar  edi.  Mil.avv. I mingyillik 
Italiyaning  asosiy  aholisini  Latsiy  viloyatida  istiqomat  qilgan  lotinlar, 
osklar, umbrlar, sabeylar, shu jumladan samnitlar, sabiniyaliklar tashkil 
etardi.  Lotinlar  va  sabiniya  qabilalarining  aralashuvidan  rimliklar 
shakllangan.  Tibrdan  shimoli-g’arbda  Kichik  Osiyodan  kirib  kelgan 
etrusklar istiqomat qilgan. Etrusklar finikiya alifbosi asosida yaratilgan 
o’z  yozuvlariga  ega  bo’lishgan.  Mohir  metallurg,  quruvchi,  dengizchi 
bo’lgan  etruslar  m.a.  III  asrda  rimliklar  tomonidan bo’ysundirilgan va 
ularning yutuqlari rimliklar tomonidan o’zlashtirilgan. Shu tariqa uzoq 
davom  etgan  etnomadaniy  qorishuv  natijasida  m.a.  I  asrga  kelib 
Appenin  yarimorolida  lotin  tilida  so’zlashuvchi  yagona  italiy  xalqi 
shakllangan.  Appenin  yarimoroli  aholisining  bir  qismini  m.a.  VIII-VI  asrlarda yarimorolda,  shuningdek,  Sitsiliya  orolida    o’z  kaloniyalarini  barpo etgan    yunonlar  tashkil  etgan.  Rimliklar  yunonlardan  juda  ko’p 
sivilizatsiya  yutuqlarini  o’zlashtirdilar.  Appenin  yarimoroli  aholisi 
Sitsiliya va Sardiniyada kaloniyalari joylashgan karfagenliklarning ham 
ta’sirinisezishgan.  Shunday  qilib,  Rim  sivilizatsiyasi  bir  necha  omillar ta’sirida shakllangan:  umumitaliya  madaniy  fondining  mavjudligi,  yunon 
sivilizatsiyasi va  etrusk madaniyatining ta’siri.  
Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling