1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


VALERIANA ILDIZPOYASI BILAN ILDIZI - RNIZOMATA SUM RADICIVUS VALERIANAE O‘simlikning nomi


Download 261.85 Kb.
bet64/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

VALERIANA ILDIZPOYASI BILAN ILDIZI - RNIZOMATA SUM RADICIVUS VALERIANAE O‘simlikning nomi. Dorivor valeriana(kadi o‘t) – Valeriana officinalis L.;valerianadoshlar- Valerianaceae oilasiga kiradi.
Valeriana ko‘p yillik, bo‘yi 2 m ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qisqa va ko‘pgina mayda ildizchalar bilan qoplangai bo‘lib, er ostida tik joylashgan. Ildizpoyadan birinchi yili ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yildan boshlab poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, mayda qirrali, shoxlanmagan (ba’zan yuqori qismi shoxlangan), ichi kovak, yuqori qismi tuksiz, pastki qismi esa tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, toq patli ajralgan, 4-11 juft segmentlar (bo‘lakchalardan) iborat. Ildizoldi barglari uzun bandli, poyadagi barglar bandi esa payaning yuqori qismiga etgani sari qisqara boradi. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, hidli, poya uchida qalqonsimon yirik ro‘vakka to‘plangan. Kosacha barglari gul ichiga qarab qayrilgani sababli aniq bilinmaydi. Gultojisi voronkasimon, besh bo‘lakli, uchi ichkariga qayrilgan, oq yoki pushti rangli, otaligi 3 ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi – cho‘ziq tuxumsimon och qo‘ng‘ir pista. May oyining oxiridan boshlab avgust oyigacha gullaydi. Geografik tarqalishi.Valeriana polimorf(bir-biriga juda o‘xshashyaqin shakllari ko‘p bo‘lgan) o‘simlik. Uning yaqin shakllarini ba’zan mustaqil tur deb ham hisoblanadi. Ular ma’lum geografik va ekologik xududlarga moclangan bo‘lib, o‘zaro ildizpoyaning katta-kichikligi, shakli, barg plastinkasining ko‘rinishi, tuklanish darajasi, gul rangi va boshqalar bilan farqlanadi. Ular ichida keng tarqalganlari va umumiy bitta nom – dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) bilan yuritilib, ildizpoyasini ishlatishga ruxsat etilganlari quyidagilar: botqoq valerianasi (Valeriana palustrisKgeuer.),yaltiroq valeriana(Valeriana nitida Kreyer.),rus valerianasi(Valeriana rossica Sm.), novdali valeriana (Valeriana stoloniferaCzern.) va boshqalar.
Valeriana tarqoq holda bo‘lsa ham keng tarqalgan o‘simliklarga kiradi. U O‘rta Osiyo cho‘li va Sibirning SHimoliy qismidan tashqari hamma hududlarda uchraydi. Asosan nam erlarda, o‘rmon yoqalarida, ariq bo‘ylarida, butalar orasida, o‘tloqlarda va boshqa erlarda o‘sadi. Uni tayyorlash joylari SHimoliy Kavkaz, Ukraina, Belorus respublikalari, Rossiya (Tataristonda va Boshqirdistonda, Ulyanov, Rostov, Voronej va Tambov viloyatlari) ning ayrim tumanlarida. YOvvoyi holda o‘sadigan valeriana aholi talabini qondirmaydi va u tarqoq holda o‘sgani uchun mahsulotni yig‘ish qimmatga tushadi. SHuning uchun valeriana Boltiq bo‘yi atrofi, Ukraina, Moldova va Belorus respublikalaridagi, Voronej, Moskva, Novosibirsk va boshqa viloyatlardagi, Krasnodar o‘lkasi va Uzoq SHarqdagi ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash.YOvvoyi holda o‘sadigan valeriananing mevalaripishib to‘kilganidan so‘ng (valeriananing tabiiy sharoitda ko‘payishi uchun) er ostki qismini belkurak, ketmon yoki boshqa asbob bilan kovlab olinadi. Plantatsiyalarda o‘stirilgan valeria nani esa ikkinchi yili maxsus konstruksiyali valeriana plugi yoramida kavlab yig‘ib olinadi va ildizpoyasi poyadan ajratiladi. Mahsulotni tuproqdan tozalash uchun ildiz yuvadigan maxsus idishga yoki savatga solib yuviladi. Suvi selgishi uchun biroz ochiq erda qoldiriladi va salqin hamda havo kirib turadigan joyda yoki quritgichda (350 haroratda) sekin quritiladi. Valerianani ko‘p yig‘iladigan joylarda (katta plantatsiyalarda) ularning ildiz va ildizpoyasini yuvish ishlari qisman avtomatlashtirilgan. Valeriananing ildizi va ildiz poyasi ho‘lligida hidsiz va oqish bo‘lib, quritilganidan so‘ng qo‘ng‘ir rangga aylanadi hamda maxsus valeriana hidiga ega bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar quritish davrida yuz bergan fermentatsiya jarayoni natijasidir. Mahsulatni quritish yoki saqlash vaqtida uni mushukdan ehtiyot qilish zarur. CHunki u valeriana ildiziga juda o‘ch bo‘ladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot kalta,veptikal,konussimon, ichi g‘ovak yoki bo‘sh ildizpoya va mayda, silindrsimon ildizlardan iborat. YOvvoyi holda o‘sadigan valeriananing ildizpoyasi va ildizi plantatsiyalarda o‘stiriladiganlariga nisbatan kichikroq bo‘ladiValeriana mahsulotining (butun, kesilgan va kukun-poroshok holidagi) 70% li spirtda erib ajraladigan ekstrakt moddalari XI DF ga ko‘ra 25% dan kam bo‘lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi.Valeriana o‘simligining ildiz va ildizpoyasitarkibida 0,5-2 % efir moyi va sof holda izovalerian kislota bor. Valeriananing efir moyi asosan ingichka ildizlarda, izovalerian kislota esa yo‘g‘on va qari ildizpoyalarda ko‘proq bo‘ladi. Bu moy tarkibida izovalerian kislotaning borneol spirti bilan hosil qilgan murakkab efiri- - bornilizovalerianat, shuningdek, borneolning sirka, chumoli kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efiri hamda terpineol, pinen, kamfen, azulen, kessil spirti (proazulen), limonen. sof holdagi borneol, izovalerian kislota va boshqa birikmalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Valeriana preparatlari nerv sistemasini tinchlantirish(uyqusizlikda, asab qo‘zg‘alishi davrida va boshqa asab kasalliklarida) hamda yurak faoliyatini boshqarish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Damlama,nastoyka,qaynatma,efir valeriananastoykasi, quruq ekstrakt, validol (izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi mentolning 25-30 % li eritmasi, tabletka yoki eritma holida chiqariladi). Valeriana nastoykasi yurak kasalligida ishlatiladigan kardiovalen, valokormid va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi. Valeriananing mahsuloti nerv sistemasini tinchlantiruvchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi.



Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling