1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot achchiq shuvoqning ayrim er ustki qismi va ayrim ildizoldi barglaridan iborat.
Er ustki qismi butun yoki qisman maydalangan, bo‘yi 25 sm dan uzun va yo‘g‘on poyalar bo‘lmagan, serbargli va gulli poyalar uchidan tashkil topgan. Poyalari biroz qirrali, yuqori tomoni mayda, diametri 2,5-4 mm li sharsimon savatchali shoxchalardan iborat murakkab va yoyiq ro‘vak bilan tamomlanadi. Savatchalar pastga qarab osilgan, bitta yoki ikkitadan lansetsimon qoplovchi barglar qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan bo‘lib, cherepitsasimon joylashgan, ustki tomoni sertukli chiziqsimon o‘rama barglar bilan qoplangan. Gullari mayda, savatcha chetidagilari naychasimon, bir jinsli (onalik gullar), o‘rtadagilari – voronkasimon, ikki jinsli. YUqoridagi guloldi barglari bandsiz, cho‘ziqsimon, tekis qirrali, pastkilari uch bo‘lakli, ba’zan ikki - uch marta patsimon ajralgan. Mahsulotda gul hosil qilmaydigan serbargli poyalar bo‘lishi mumkin. Poyalari yashil-kulrang, barglari - yuqoridan kulrang-yashil, pastki tomoni kumushsimon-kulrang, gullari sariq rangli bo‘lib, kuchli, o‘ziga xos yoqimli hid va xushbo‘y achchiq mazaga ega. Barglari uzun bandli, uchburchak-dumaloq shaklli, ikki-uch marta patsimon ajralgan yoki bandsiz uch bo‘lakli va patsimon ajralgan. Barg bo‘lakchalari ipsimon – cho‘ziq shaklli, o‘tmas uchli, tekis qirrali, uzunligi 10 sm gacha bo‘lib, ikki tomonidan tuklar bilan qoplangan. Barglarining yuqori tomoni-kulrang-yashil, pastki tomoni kumushsimon – -kulrang bo‘lib, kuchli o‘ziga xos xushbo‘y hid va achchiq mazaga ega. Mahsulotning achchiqlik ko‘rsatkichi 1:10 000 ga teng. XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 13 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3 % (barglar uchun 4 %}, qoraygan qismlar 3 %, diametri 3 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poyalar (er ustki qismi uchun) 3 %, teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik bo‘laklar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10 %, teshigining diametri 0,5 mm (qirqilgan barglar uchun) yoki 0,310 mm (qirqilgan er ustki qismi uchun) elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 10 %, organik aralashmalar 2 % (barglar uchun 1 %) va mineral aralashmalar 1,5% (barglar uchun 1 %) dan ortiq hamda 70 % li spirtda erib ajralib chiqadigan ekstraktiv moddalar miqdori 20 % (barglar uchun 25 %) dan kam bo‘lmasligi kerak. Mahsulotga oddiy shuvoq - Artemisia vulgaris L. o‘simligining qismlari aralashmasligi lozim. Bu o‘simlikning barglari faqat pastki tomoni kumush, ustki tomoni to‘q yashil, quritilgandan so‘ng esa qora rangda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling