1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet77/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Geografik tarqalishi. O‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, o‘rmon, o‘rmoi-cho‘l va cho‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda (tog‘ etaklaridagi tekisliklarda, tog‘ yonbag‘irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq o‘tloqlar, qirlar, yo‘l yoqalari, o‘rmon chetlari va boshqa erlarda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullaganida (poyasining yuqori qismidan gul va barglari bilan birga) o‘roq bilan o‘rib olinadi. Ba’zan ildizoldi to‘pbarglar alohida yig‘iladi. Soya erda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot o‘simlikning er ustki qismidan (poyaning yuqori qismidan, bargdan va gul to‘plamlaridan hamda ba’zan ildiz oldi to‘p barglardan) iborat. Poyasi biroz qirrali, siyrak bargli, kulrang- -yashil tusli bo‘lib, uzunligi 15 sm. Bargi tukli, kulrang-yashil, ikki marta patsimon ajralgan. Barg plastinkasining bo‘lagi (segmenti) lansetsimon yoki chiziqsimon bo‘lib, 3-5 juft tishli bo‘lakchaga qirqilgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘p gulnitashkil etadi. Savatcha mayda, tuxumsimon, 3-4 mm uzunlikda bo‘lib, tashqi tomonidan o‘rama barg bilan qoplangan.
Savatcha chetidagi gullar oqish, ba’zan och pushti rangli, tilsimon, o‘rtasidagi gullari esa naychasimon. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘y hidi va achchiq mazasi bor. XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3 %, yo‘g‘onligi 3 mm dan oshiq bo‘lgan poyalar 3%, o‘z rangini yo‘qotgan, ya’ni qora va qo‘ng‘ir ranga aylangan poya va barglar 1% dan, teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin, K va S vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8 % gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31 % xolin, asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo‘ladi.
XI DFga ko‘ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 1-4 % gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida proxamazulendan hosil bo‘ladi), tuyon, kamfora, borneol, kariofillen, 10 % gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.
Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari me’da-ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig‘lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon tuxtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to‘xtatish uchun ishlatiladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling