1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet85/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Kimyoviy tarkibi.Meva tarkibida3-6,5 %efir moyi, 20 %gacha yog‘ vaoqsil moddalar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, meva tarkibida efir moyi 3 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Rangsiz, yoki och sarg‘ish, uchuvchan, arpabodiyon moyi hidini eslatuvchi hidga ega, oldin achchiqroq-yoqimli, so‘ngra shirinroq maza beruvchi tiniq suyuqlik. Zichligi 0,960-0,979, refraksiya soni 1,527-1,538, + 100 dan past haroratda efir moyining krisll qismi (stearopteni)- anetol ajraladi.
Efir moyi tarkibida 50-60 % anetal, 10-20 % fenxon ketoni, 10 % gacha metilxavikol, oz miqdorda anis aldegid va anis kislota, pinen, fellandren, kamfen va boshqa birikmalari bo‘ladi.
Dorixona ukropi ildizi tarkibida 5 ta kumarin birikmalari borligi hamda ulardan 2 tasi bergapten va umbelliferon ekanligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Dorixona ukropining mevasi va preparatlari yuqorinafas yo‘llari yallig‘langanda balg‘am ko‘chiruvchi, ich yumshatuvchi hamda el haydovchi dori sifatida me’da-ichak kasalliklari va meteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi, qorin dam bo‘lishi) da ishlatiladi. Ba’zan meva o‘t pufagi va buyrak toshi kasalligida ham qo‘llaniladi. Efir moyi farmatsevtikada miksturalar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari.Meva kukuni(poroshogi)surgi dori sifatidaqo‘llaniladigan qizilmiya ildiziding murakkab kukuni (poroshogi) tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, meva el haydovchi, ich yumshatuvchi choylar tarkibiga kiradi. Dorixona ukropining efir moyidan ukrop suvi tayyorlanadi.


Tarkibida timol bo‘lgan efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklar
Timol rangsiz, o‘ziga xos xushbo‘y hidli, yirik va tiniq kristall bo‘lib, spirtda va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Ishqor eritmalari bilan suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikma - timolyat hosil qiladi. Timol efir moyidan quyidagi usul bilan ajratib olinadi: efir moyiga 5 % li natriy ishqori eritmasidan qo‘shib chayqatiladi. Bunda timol fenolyat tipidagi timolyat birikmasini hosil qiladi va erib suv qavatiga o‘tadi. Aralashma tinitilgandan keyin suv qatlam moy qavatidan ajratib olinib, kislota bilan ishlansa, timol ajraladi, so‘ngra uni qayta kristallab, tozalanadi.
Ishlatilishi.Timol tibbiyotda og‘iz shilliq qavatini dezinfeksiyaqilish va tish og‘rig‘ini qoldirish uchun hamda terining zamburug‘li kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bulardan tashqari, gijja haydash xususiyatiga ham ega. Asosan ankilostoma va qilbosh gijjalarni haydashda jelatin kapsulasida qo‘llaniladi. Timol preparati iste’mol qilingandan so‘ng bemorga tuzli surgilar beriladi.

AJGON MEVASI VA MOYI – FRUCTUS ET OLEUM AJOWANI


O‘simlikning nomi.Ajgon (Zirai karmoni) - Trachyspermum ammi (L.) Sprague. (Sarum ajowan Benth. et Hook.); selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 40-60 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, asos qismidan shoxlangan, ko‘p qirrali. Bargi oddiy, ikki yoki uch marta ajralgan (barg bo‘lagi chiziqsimon) bo‘lib, qini bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari mayda, oq yoki och binafsha rangli, murakkab soyabonga to‘plangan. Murakkab soyabon o‘ramasi va oddiy soyabon o‘ramachalari chiziqsimon bargchalardan tashkil topgan. Gullarida kosacha va tojbarglari hamda otaligi 5 tadan, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi – qo‘shaloq pista.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust – sentyabrda pishadi. Geografik tarqalishi.Vatani Hindiston.Qozog‘iston,Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalarida o‘stiriladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling