1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet86/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Mahsulot tayyorlash.Mahsulot arpabodiyon mevasiga o‘xshash yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot cho‘ziqroq tuxumsimon, kulrang – yashil yoki qo‘ng‘ir rangli qo‘shaloq pistadan iborat. Meva uzunligi 2,5-4 mm, eni 1,8-2 mm bo‘lib, osonlik bilan ikki bo‘lakka ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni esa tekis, 5 tadan qovurg‘asi bor. Mahsulotning hidi yoqimli va lovullatuvchi achchiqroq mazasi bor.
Ajgon mevasidan faqat efir moyi olinadi.
Kimyoviy tarkibi. Ajgon mevasi tarkibida2-11 %efir moyi, 25-32%yog‘, 15-17% oqsil moddalar bor.
Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. U rangsiz, sariq yoki jigarrang suyuqlik bo‘lib, timol hidi va og‘zini lovullatuvchi o‘tkir mazasi bo‘ladi. Zichligi 0,897 - 0,916, refraksiya soni 1,496 -1,504. Efir moyi tarkibida 40-60 % fenollar (timol va qisman karvakrol), shuningdek, pinen, terpinen, fellandren, simol va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi.Ajgonning efir moyidan asosan timol olinadi.Efirmoyidan timolni ajratib olgandan so‘ng qolgan qismi – timen antiseptik xossaga ega bo‘lgani uchun tish pastasi tayyorlash va sovunlarga yoqimli hid berish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparati.Timol(timol jelatin kapsulasida chiqariladi).


ODDIY TOFJAMBIL ER USTKI QISMI VA MOYI NERBA ETOLEUMTNUMI
O‘simlikning nomi.Oddiy tog‘jambil- Thymus vuIgaris L.;yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 50 sm ga etadigan yarim buta. Poyasi tik o‘suvchi, pastki qismi yog‘ochlangan, shoxlari sertuk va to‘rt qirrali. Bargi mayda bo‘lib, qisqa bandi bilan poyada qarama–qarshi o‘rnashgan. Barglari lansetsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali; gullari ikki labli, mayda, binafsha-qizil rangda, ular shoxchalar uchidagi barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqib, shingilsimon to‘p gulni tashkil etadi. Mevasi - kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust – sentyabrda etiladi. Geografik tarqalishi.Vatani Ispaniya hamda Fransiyaning janubiy qismi.Tog‘jambil Krasnodar o‘lkasida, Qrimda, Ukraina (janubiy tumanlarda) va Moldova respublikalarida o‘stiriladi.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling