1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Terapevtik ahamiyati bo‘lmagan, keraksiz, ballast moddalar


Download 476.38 Kb.
bet12/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Terapevtik ahamiyati bo‘lmagan, keraksiz, ballast moddalar. Bumoddalar o‘simliklarni asosiy ta’sir etuvchi va ular bilan birga uchraydigan birikmalar singari kimyoviy tuzilishi bo‘yicha har xil moddalar bo‘lishi mumkin. Uglevodlar, smolalar, efir moylari, yog‘lar,organik kislotalar, oqsil,mineral va boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi.Ular ma’lum sharoitda terapevtik ta’sirga ega bo‘lgan birikma hisoblansa ham, boshqa o‘simlikda ballast (keraksiz) modda sifatida uchrashi mumkin. SHuning uchun ballast moddalarni doimo bir xil, ma’lum guruhga kiradigan birikmalar deyish xatto bo‘ladi. Masalan, kanakunjut, zaytun, bodom, zig‘ir va boshqalarning urug‘idan olinadigan moylar asosiy ta’sir etuvchi birikmalar hisoblansa, shohkuya zamburug‘i hamda strofant urug‘ida uchraydigan yog‘lar shu o‘simliklardan dori turlari tayyorlashda va mahsulotni saqlashda ballast modda hisoblanadi. Xuddi shuningdek, sano bargida smolalar, shohkuya tarkibidagi sut kislota ham ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun ballast moddalardir.

Farmakognoziya fanining asosiy qismini-mazmunini o‘simliklardan, qisman hayvonlardan olinadigan dorivor mahcylotlar hamda ularni o‘rganish va tahlil qilish tashkil qiladi. Bu moddalarning tahlil qilish usullari ham turlicha bo‘lib, buni bajarish uchun o‘ziga xos sharoit bo‘lishi shart. SHu yuqoridako‘rsatilgan sabablarga ko‘ra dorivor mahsulotlarni ayrim gypyhlarga - sinflarga bo‘lib, o‘rganiladi. Dorivor mahsulotlarni sinflarga bo‘lishda turli omillar asos qilib olingan: dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, ularni morfologik tuzilishi (er ustki qismi, bargi, guli, mevasi, er ostki organlari va boshqalar), dorivor mahsulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, saponinlarning turg‘un ko‘pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada o‘z vaqtida dorivor mahsulotlarning farmakologik, botanik va boshqa tasniflari - klassifikatsiyalari bo‘lgan va shu asosida ular o‘rganilgan. Xozirgi kunda ham dorivor o‘simlik mahsulotlarini o‘rganishda ayrim hollarda farmakologik tasnifdan foydalaniladi. Qachonki dorivor mahsulotlarning asosiy ta’sir qiluvchi moddalari ajratib olinib, kimyoviy tuzilishi aniqlangandan so‘ng ularning kimyoviy tasnifi tuzildi. Bu tasnif dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi birikmasini kimyoviy tuzilishiga asoslangan.

Kimyoviy tasnif - klassifikatsiya bo‘yicha dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari farmakognoziya fanida quyidagi sinflarga bo‘lib o‘qiladi:


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling