2-rasm. Fenxel (dorixona ukropi) mevasining ko‘ndalang kesimi. 1–epidermis(ekzokarp); 2– mezokarp; 3 – efir moyli kanalcha; 4 – endokarp; 5 – endosperma; 6 – urug‘ pallalar; 7 – o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari.
ODDIY TOFJAMBIL ER USTKI QISMI VA MOYI –
– NERBA ET OLEUM TNUMI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilganbargning tashqi ko‘rinishi mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi (1-rasm). Barg yuqori epidermisining hujayrasi to‘g‘ri, yo‘g‘onlashgan devorli, pastki epidermis hujayralari esa egri-bugri devorli bo‘lib, yo‘g‘onlashgan erlari xira ko‘rinadi. Ustitsalar bargning har ikkala epidermisida uchraydi. Efir moyli bezlar yirik, bargning har ikkala tomoniga joylashgan. Bu bezlar radius bo‘yicha joylashgan 8 ta (ba’zan 12 ta) efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. Bargdagi tuklar to‘rt xil bo‘ladi:
juda kalta konussimon tuklar;
dag‘al, cho‘ziqroq so‘galchali, bir-ikkita hujayrali, oddiy to‘g‘ri tuklar;
bargning pastki asos qismida, qirrasida, poya va kosacha barglarida bo‘ladigan ikki ba’zan 3 hujayrali, tizzaga o‘xshab bukilgan tuklar;
boshchalari bir hujayrali, teskari tuxumsimon yoki yumaloq va oyoqlari kalta, bir hujayrali tuklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |