Suvda eriydigan vitaminlar saqlovchi dorivoro‘simliklar va mahsulotlar
Askorbin kislota (vitamin S) ga boy dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
Askorbin kislota (vitamin S) rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq eriydigan kristall modda. O‘simliklarda qutblangan nur tekisligini o‘ngga va chapga buradigan stereoizomerlar holida uchraydi. O‘ngga buruvchi izomerining biologik ta’siri ancha kuchsiz. Askorbin kislota kristall holidagi turg‘un birikma bo‘lsada, nam ta’sirida tezda oksidlanib, oksidlangan formasi - degidroaskorbin kislotaga aylanadi. O‘simlik to‘qimalarida askorbin kislotaning oksidlanishi fermentlar ta’sirida (ayniqsa askorbinaza fermenti ta’sirida) juda tez boradi.
Degidroaskorbin kislota beqaror birikmadir, shu sababli u tezda parchalanib ketishi mumkin. Degidroaskorbin kislota biologik faol bo‘lib, o‘simlik to‘qimalarida askorbin kislota bilan birga uchraydi va ma’lum sharoitda fermentlar ta’sirida qaytarilib, askorbin kislotaga aylanadi. Degidro- askorbin kislotani laboratoriya sharoitida vodorod yordamida qaytarib, askorbin kislotaga o‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |