Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. O‘rik elimi rangsiz,yoki och sariqrangli, qattiq, mo‘rt, yaltiroq va katta-kichik bo‘laklardan iborat. Elim kukuni (poroshogi) esa oq yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, hidsiz, chuchmal mazaga ega. O‘rik elimi suvda (1:3) tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, erish jarayoni tezlashadi.
Kimyoviy tarkibi. Elim asosan arabindan iborat bulib,tarkibida44 %galaktoza, 41,5 % arabinoza, 16,4 % glyukuron kislota hamda 2,4 % mineral, 0,6oqsil moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. O‘rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabikao‘rnida emulsiya tayyorlash uchun emulgator sifatida ishlatiladi. O‘rik elimi o‘rnida olxo‘ri va gilos elimini ham ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |