Dorivor preparatlari. Bargi va mevasidan damlama va qaynatmatayyorlanadi.
YOg‘larda eriydigan vitaminlar saqlovchi dorivor o‘simliklar va mahsulotlar
CHetan mevasi- Fructus sorbi O‘simlikning nomi. Oddiy chetan(ryabina)- Sorbus ausuraria L.;ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga kiradi.. CHetan bo‘yi 4-5 (ba’zan 15) m ga etadigan daraxt, ba’zan buta. Poyasi kulrang, silliq po‘stloqli, yosh shoxlari sertuk bo‘ladi. Bargi toq patli (4-7 juft bargchadan tashkil topgan) bo‘lib, poyada bandi bilan ketma-ketjoylashgan. Bargchasi cho‘ziq- lansetsimon, asos qismi tekis, yuqori qismi arrasimon qirrali. Barg plastinkasining yuqori tomoni xira, yashil, pastki tomoni esa kulrang. Gullari qalqonga to‘plangan. Gulkosachasi 5 ga qirqilgan, tojbargi 5 ta, oq, otaligi 20ta, onaligi 3 (ba’zan 2-5) ta, mevasi – dumaloq, sersuv, ho‘l meva. May - iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi. Geografik tarqalishi. Moldova,Ukraina,Belorus,Boltiq bo‘yi,Rossiyaning Ovro‘po qismining o‘rmon va cho‘l-o‘rmon zonasida, Uralda, Sibirda hamda Kavkazda nina bargli va aralash o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida, butazorlarda o‘sadi. Bog‘ va parklarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O‘simlik mevasi sovuq tushgandan so‘ng yig‘ibolinadi. Sovuq tushgan vaqtda yig‘ib olingan meva yoqimli, achchiqroq nordon mazaga ega bo‘ladi. Meva quritib yoki quritmasdan ishlatiladi. Mevani quritishdan oldin bandi terib tashlanadi. Quritgichlarda yoki rus pechlarida quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |