14- MAVZU.BITSIKLIK TERPENLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR TARKIBIDA BITSIKLIK MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklarning efir moylari tarkibida asosan pinen, borneol, kamfora, tuyol, tuyon va boshqa birikmalar bo‘ladi.ARCHA QUBBASI VA ARCHA MOYI – FRUCTUS JUNIPERI ( BACCAE JUNIPER) ET OLEUM JUNIPERI BACCARUM O‘simlikning nomi.Oddiy archa– Junipegus communis L.;archadoshlar(sarvindoshlar) – Cupressaceaeoilaciga kiradi. Archa bo‘yi 1-3 m ga etadigan ikki uyli, doim yashil buta. Bargi bandsiz, qattiq, nina shaklida bo‘lib, poyada uchta-uchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo‘lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o‘simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz, yumaloq-cho‘ziq, sariq rangli bo‘lib, uchtadan to‘p-to‘p joylashgan gultevaraklaridan hamda otaliklardan (3-4 tadan) iborat. Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil, cho‘ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan xalqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo‘lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug‘ kurtaklar bor. Bahorda gullari changlangandan so‘ng yuqorigi urug‘ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi. Qubbalar pishib etilganda so‘ng qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. SHuning uchun o‘simlikda xom va pishgan qubbalar bo‘lishi mumkin.
Geografik tarqalishi. Oddiy archa ninabargli va mayda bargli aralasho‘rmonlarda, ba’zan botqoqlik o‘rmonlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Boltiq bo‘yi davlatlar, Rossiyaning Ovro‘po qismida, Farbiy Sibirda hamda qisman SHarqiy Sibirda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |